O‘rganish davomida binoning texnik holati, mavjud infratuzilma, foydalanish darajasi hamda aholi uchun yaratilgan shart-sharoitlar ko‘zdan kechirildi.
Madaniyat uyining ayrim qismlarida ta’mirlash va obodonlashtirish ishlarini amalga oshirish zarurligi qayd etilib, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli takliflar ishlab chiqildi.
Shuningdek, mahalla faollari va mutasaddilar bilan muloqot o‘tkazilib, madaniyat uyidan samarali foydalanish, yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda madaniy-ma’rifiy tadbirlar ko‘lamini kengaytirish masalalari muhokama qilindi.
Hududdagi ijtimoiy obyektlar holatini muntazam o‘rganish va ularni yaxshilash bo‘yicha amaliy choralar ko‘rish deputatlik faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biridir.