Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yaratilayotgan ish o‘rinlari tahlili - deputatlik so‘rovida
янв.21
Inson ijtimoiy xizmatlar markazida qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
🇺🇿 Saylov okrugida infratuzilmani yaxshilash maqsadida deputatlik so‘rovi yuborildi.
янв.21
Deputat biriktirilgan tashkilotda o‘rganish olib bordi
янв.21
Munchoq mahallasida hisobot yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
“Mahalla yettiligi” faoliyati o‘rganildi
янв.21
Chorchinor mahallasida Kengash deputaining muammolar bilan ishlash holati o‘rganildi.
янв.21
Chorchinor mahallasida “mahalla yettiligi” a’zolari faoliyati o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi va tuman hokimligi hamkorligi
янв.21
26 iyun – Xalqaro giyohvandlikka qarshi kurash kuni
DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI

 Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputatlari tomonidan aholi murojaatlari va hududlardagi muammolarni o‘rganish hamda ularni hal etish yuzasidan mahallalarda muntazam o‘rganish ishlari olib borilmoqda.

Navbatdagi o‘rganishlar davomida Andijon shahar “Hamkorlik” MFY hududidagi eski Osh ko‘chasida ariqdan qazib chiqarilgan chiqindilar uzoq vaqt davomida olib chiqib ketilmaganligi aniqlandi.

Natijada mazkur hududda loy va tuproq uyumlari hosil bo‘lib, atrof-muhitning ifloslanishi hamda ekologik vaziyatning yomonlashuviga sabab bo‘lmoqda. Ushbu holat mahalla aholisining haqli e’tirozlariga sabab bo‘layotgani qayd etildi.

Mazkur muammoni zudlik bilan bartaraf etish va hududni obodonlashtirish choralarini ko‘rish maqsadida Andijon shahar Obodonlashtirish boshqarmasiga deputat so‘rovi yuborildi.

Muammo ijrosi deputatlik nazoratiga olindi.

Slide 1 of 2