Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Mahalladagi ichimlik suv bilan ta’mirlash yuzasidan yuborilgan deputatlik so‘roviga javob xati olindi
янв.21
Kofrun mahallasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ–141-sonli qarori ijrosi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.
янв.21
Musiqa maktabida “Madaniy faoliyat va madaniyat tashkilotlari to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
Yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
Obi mahallasida tadbirkorlarga yaratilgan sharoitlar o‘rganildi
янв.21
Obi mahallasida mahalla raisi va xotin-qizlar faoli faoliyati o‘rganildi
янв.21
Kutubxona faoliyati o‘rganildi
янв.21
Obi saylov okrugi deputatining aholi murojaatlari bilan ishlash holati o‘rganildi
янв.21
Mustaqillik mahallasida xotin-qizlar faoli hamda mahalla inspektori faoliyati o‘rganildi
янв.21
Yaratilayotgan ish o‘rinlari tahlili - deputatlik so‘rovida
REJA – AMALIY NATIJA

2026-yil 18–23-may kunlariga mo‘ljallangan ish rejaga asosan Andijon shahar “Yaxshi” MFY hududida “Mening bog‘im” loyihasi asosida barpo etilishi rejalashtirilayotgan yashil bog‘ uchun ajratilgan yer maydoni joyiga chiqib o‘rganildi.

Loyiha doirasida:
ko‘p yillik daraxtlardan iborat yashil jamoat parki tashkil etish, aholining maroqli dam olishi uchun zamonaviy o‘rindiqlar o‘rnatish, hududni obodonlashtirish ishlari amalga oshirilishi rejalashtirilgan.

Shuningdek, mazkur loyiha bo‘yicha manzilli ro‘yxat tasdiqlangani ma’lum qilindi.

O‘rganishda: Suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiya raisi U.Shokirov, Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiya raisi A.Appaqov, Kengash kotibiyati mutaxassislari Sh.Yusupov hamda O.Olimjonov, Andijon shahar Ekologiya bo‘limi boshlig‘i M.Mo‘minov ishtirok etdi.

Mazkur yashil bog‘ uchun rejalashtirilayotgan yer maydoni navbatdagi sessiyada ko‘rib chiqilishi belgilandi.

Slide 1 of 3