Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Mahalladagi ichimlik suv bilan ta’mirlash yuzasidan yuborilgan deputatlik so‘roviga javob xati olindi
янв.21
Kofrun mahallasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ–141-sonli qarori ijrosi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.
янв.21
Musiqa maktabida “Madaniy faoliyat va madaniyat tashkilotlari to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
Yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
Obi mahallasida tadbirkorlarga yaratilgan sharoitlar o‘rganildi
янв.21
Obi mahallasida mahalla raisi va xotin-qizlar faoli faoliyati o‘rganildi
янв.21
Kutubxona faoliyati o‘rganildi
янв.21
Obi saylov okrugi deputatining aholi murojaatlari bilan ishlash holati o‘rganildi
янв.21
Mustaqillik mahallasida xotin-qizlar faoli hamda mahalla inspektori faoliyati o‘rganildi
янв.21
Yaratilayotgan ish o‘rinlari tahlili - deputatlik so‘rovida
Senator Samarqand shahar Kengashining yangi binosi faoliyati bilan tanishdi

 Senator Samarqand shahar Kengashining yangi binosi faoliyati bilan tanishdi

📍 Oliy Majlis Senatining Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi raisi o'rinbosari Baxrom Ismoilovich Abdullayev Xalq deputatlari Samarqand shahar Kengashiga tashrif buyurdi.

🏛 Tashrif davomida Samarqand shahar Kengashining yangi ma’muriy binosi, unda deputatlar va fuqarolar uchun yaratilgan shart-sharoitlar hamda zamonaviy ish faoliyati tizimi bilan yaqindan tanishdi.

🤝 Shuningdek, Kengash faoliyatini samarali tashkil etish, deputatlik nazoratini kuchaytirish hamda aholi murojaatlari bilan ishlash tizimini takomillashtirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.

📋 Uchrashuv davomida mahalliy Kengashlar faoliyati samaradorligini yanada oshirish, deputatlarning hududlardagi faolligini kuchaytirish va fuqarolar murojaatlariga tezkor munosabat bildirish masalalari yuzasidan fikr almashildi.

🗣 Qo'mita raisi tomonidan Kengash faoliyatini yanada takomillashtirish, deputatlik nazoratining ta’sirchanligini oshirish hamda xalq bilan muloqotni mustahkamlash bo‘yicha tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.

✅ Tashrif mahalliy vakillik organlari faoliyatini rivojlantirish va samaradorligini oshirishga xizmat qildi.

Slide 1 of 6