Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Mahalladagi ichimlik suv bilan ta’mirlash yuzasidan yuborilgan deputatlik so‘roviga javob xati olindi
янв.21
Kofrun mahallasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ–141-sonli qarori ijrosi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.
янв.21
Musiqa maktabida “Madaniy faoliyat va madaniyat tashkilotlari to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
Yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
Obi mahallasida tadbirkorlarga yaratilgan sharoitlar o‘rganildi
янв.21
Obi mahallasida mahalla raisi va xotin-qizlar faoli faoliyati o‘rganildi
янв.21
Kutubxona faoliyati o‘rganildi
янв.21
Obi saylov okrugi deputatining aholi murojaatlari bilan ishlash holati o‘rganildi
янв.21
Mustaqillik mahallasida xotin-qizlar faoli hamda mahalla inspektori faoliyati o‘rganildi
янв.21
Yaratilayotgan ish o‘rinlari tahlili - deputatlik so‘rovida
#DEPUTATLIK_NAZORATI

Xalq deputatlari Oltinsoy tuman Kengashi deputati M.Qarshiyev ishtirokida tumandagi muqaddas qadamjolarni obodonlashtirish va ularning ozodaligini ta’minlash bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan, Oltinsoy tumanidagi “Jobu” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan qabristonlarda obodonlashtirish ishlari izchil davom ettirilmoqda. Ushbu tadbirlar doirasida hasharlar tashkil etilib, hududlarni chiqindilardan tozalash, bino qurish, daraxtlarga shakl berish, ichki yo‘laklarni tartibga keltirish hamda atrof-muhitni yanada ko‘rkamlashtirish ishlariga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Ta’kidlash joizki, mazkur ishlar aholi uchun munosib ziyoratgoh muhitini yaratish, muqaddas qadamjolarning obodligi va ozodaligini ta’minlash, shuningdek, milliy qadriyatlarimizga hurmat va ehtirom tuyg‘ularini mustahkamlashga xizmat qilmoqda.

✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati

Slide 1 of 3