Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Musiqa maktabida “Madaniy faoliyat va madaniyat tashkilotlari to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
Yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
Obi mahallasida tadbirkorlarga yaratilgan sharoitlar o‘rganildi
янв.21
Obi mahallasida mahalla raisi va xotin-qizlar faoli faoliyati o‘rganildi
янв.21
Kutubxona faoliyati o‘rganildi
янв.21
Obi saylov okrugi deputatining aholi murojaatlari bilan ishlash holati o‘rganildi
янв.21
Mustaqillik mahallasida xotin-qizlar faoli hamda mahalla inspektori faoliyati o‘rganildi
янв.21
Yaratilayotgan ish o‘rinlari tahlili - deputatlik so‘rovida
янв.21
Inson ijtimoiy xizmatlar markazida qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
🇺🇿 Saylov okrugida infratuzilmani yaxshilash maqsadida deputatlik so‘rovi yuborildi.
Deputat so‘rov chiqarildi

🏛 Deputat so‘rovi chiqarildi

Xalq deputatlari Qo‘shko‘pir tuman Kengashi deputati M. Tillayeva tomonidan O‘rtayop mahallasi hududida joylashgan 41-son umumta’lim maktabining holati o‘rganildi.
O‘rganishlar davomida mazkur maktab binosi 1989-yilda hashar yo‘li bilan loydan qurilgani, bugungi kunda zamonaviy ta’lim talablari va qurilish me’yorlariga to‘liq javob bermasligi, shuningdek, o‘quvchilar sonining ortib borayotgani sababli sinf xonalariga ehtiyoj mavjudligi aniqlandi.
Ushbu muammolarni bartaraf etish maqsadida deputat tomonidan 41-son maktab binosini kapital ta’mirlash hamda qo‘shimcha o‘quv binosi qurish masalasida tegishli tashkilotlarga deputat so‘rovi yuborildi.
Mazkur masalaning ijobiy hal etilishi ta’lim sifatini oshirish, o‘quvchilar uchun munosib shart-sharoitlar yaratish va hududda ta’lim infratuzilmasini yanada rivojlantirishga xizmat qiladi.                                        

Slide 1 of 1