Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yaratilayotgan ish o‘rinlari tahlili - deputatlik so‘rovida
янв.21
Inson ijtimoiy xizmatlar markazida qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
🇺🇿 Saylov okrugida infratuzilmani yaxshilash maqsadida deputatlik so‘rovi yuborildi.
янв.21
Deputat biriktirilgan tashkilotda o‘rganish olib bordi
янв.21
Munchoq mahallasida hisobot yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
“Mahalla yettiligi” faoliyati o‘rganildi
янв.21
Chorchinor mahallasida Kengash deputaining muammolar bilan ishlash holati o‘rganildi.
янв.21
Chorchinor mahallasida “mahalla yettiligi” a’zolari faoliyati o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi va tuman hokimligi hamkorligi
янв.21
26 iyun – Xalqaro giyohvandlikka qarshi kurash kuni
Deputat faoliyati yuzasidan navbatdagi uchrashuv o‘tkazildi

 Uchrashuvning asosiy maqsadi aholini qiynayotgan muammolarni o‘rganish, saylovchilar bilan bevosita muloqot qilish hamda deputatlik faoliyati davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisobot berishdan iborat bo‘ldi.

 Deputat tomonidan o‘tgan davr mobaynida hududda amalga oshirilgan bunyodkorlik ishlari, ijtimoiy sohani rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash, infratuzilmani yaxshilash hamda fuqarolarning murojaatlari bilan ishlash borasidagi faoliyati haqida batafsil ma’lumot berildi.

Muloqot davomida ichki yo‘llarni ta’mirlash,

 elektr energiyasi ta’minotini yaxshilash,

ichimlik suvi bilan bog‘liq masalalar,

tibbiy xizmatlar sifati,

ta’lim muassasalari faoliyati,

yoshlar va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash,

aholi bandligini ta’minlash kabi dolzarb masalalar muhokama qilindi.

Fuqarolar tomonidan bildirilgan taklif va murojaatlar deputat tomonidan atroflicha tinglanib, ularni hal etish yuzasidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy choralar ko‘rilishi ta’kidlandi.

Nuroniylar va mahalla faollari deputatning xalq bilan doimiy muloqotda bo‘layotgani, hududdagi muammolarni hal etishdagi sa’y-harakatlarini e’tirof etib, kelgusida ham hamkorlikni davom ettirishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.

Uchrashuv yakunida mahallani yanada obod qilish, aholi farovonligini oshirish va fuqarolarning murojaatlariga tezkor yechim topish borasida ustuvor vazifalar belgilab olindi.

🇺🇿 Yurt taraqqiyoti va xalq farovonligi yo‘lida xizmat qilish – har bir deputatning asosiy burchidir!

Slide 1 of 2