Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yaratilayotgan ish o‘rinlari tahlili - deputatlik so‘rovida
янв.21
Inson ijtimoiy xizmatlar markazida qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
🇺🇿 Saylov okrugida infratuzilmani yaxshilash maqsadida deputatlik so‘rovi yuborildi.
янв.21
Deputat biriktirilgan tashkilotda o‘rganish olib bordi
янв.21
Munchoq mahallasida hisobot yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
“Mahalla yettiligi” faoliyati o‘rganildi
янв.21
Chorchinor mahallasida Kengash deputaining muammolar bilan ishlash holati o‘rganildi.
янв.21
Chorchinor mahallasida “mahalla yettiligi” a’zolari faoliyati o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi va tuman hokimligi hamkorligi
янв.21
26 iyun – Xalqaro giyohvandlikka qarshi kurash kuni
OLTINSOY TUMANIDA DEPUTATLIK NAZORATI: MUAMMOLAR VA INFRATUZILMA LOYIHALARI O‘RGANILDI.

Dastlab mas'ullar mahalla binosida bo‘lib, "mahalla yettiligi"ning kundalik faoliyati, 24 ta masala hamda aholi muammolarini hal etish borasidagi ishlar holati bilan yaqindan tanishdilar. Shuningdek, mahalla binosida
fuqarolar bilan bevosita muloqot tashkil etilib, ularning murojaatlari va ijtimoiy-iqtisodiy muammolari tinglandi. Har bir murojaat sinchkovlik bilan qayd etilib, tegishli chora-tadbirlar belgilandi.


Murojaatlar va aniqlangan masalalarga yechim topish maqsadida deputat va mas'ul shaxslar joylarga chiqib, haqiqiy ahvolni ko‘zdan kechirdilar: Jumladan, hududdagi mavjud eskirgan, yog‘ochli elektr tayanch ustunlari va simlarning holati ko‘zdan kechirildi. Bu borada aholining haqli e’tirozlari tinglanib, xavfsizlik choralarini ko‘rish choralari belgilandi.


Ichki yo‘llarning holati, ta’mirtalab ko‘chalar va to‘kilgan shag‘al-toshlar bilan bog‘liq infratuzilma ishlari joyida o‘rganildi. Dastur doirasida hududda yangi barpo etilayotgan ko‘p qavatli turar joy binolarining qurilish jarayonlari ham ko‘zdan kechirildi.


Deputat qurilish maydonchasida o‘rnatilgan loyiha-smeta pasporti (stend) bilan tanishib, poydevor quyish va armatura to‘qish ishlarining sifat darajasini, shuningdek, maxsus texnika (kran) va ishchilar uchun yaratilgan sharoitlarni ko‘zdan kechirdi.


O‘rganish jarayonlarida aniqlangan barcha kamchilik va muammolar (ayniqsa, elektr energiyasi va yo‘l infratuzilmasi bo‘yicha) yuzasidan tezkor chora ko‘rish maqsadida tegishli mutasaddi tashkilot hamda idoralarga deputatlik so‘rovlari yuborish belgilandi. Hududlarni kompleks rivojlantirish, aholining turmush darajasini oshirish hamda ijtimoiy infratuzilmani yanada yaxshilashga qaratilgan ushbu ishlar xalq deputatlarining doimiy nazoratiga olindi.
 

   ✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati

🕊Telegram💬Facebook 🌐E-kengash 📸Instagram ▶️YouTube🌐oltinsoy.uz

Slide 1 of 11