Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yaratilayotgan ish o‘rinlari tahlili - deputatlik so‘rovida
янв.21
Inson ijtimoiy xizmatlar markazida qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
🇺🇿 Saylov okrugida infratuzilmani yaxshilash maqsadida deputatlik so‘rovi yuborildi.
янв.21
Deputat biriktirilgan tashkilotda o‘rganish olib bordi
янв.21
Munchoq mahallasida hisobot yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
“Mahalla yettiligi” faoliyati o‘rganildi
янв.21
Chorchinor mahallasida Kengash deputaining muammolar bilan ishlash holati o‘rganildi.
янв.21
Chorchinor mahallasida “mahalla yettiligi” a’zolari faoliyati o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi va tuman hokimligi hamkorligi
янв.21
26 iyun – Xalqaro giyohvandlikka qarshi kurash kuni
Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashining navbatdagi sessiyasiga tayyorgarlik jarayonlari qizg‘in pallada!

Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashining navbatdagi sessiyasiga tayyorgarlik jarayonlari qizg‘in pallada!

Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi raisi D.Safarova hamda Kengash kotibiyati mudiri O‘.Rajabov tomonidan navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritilishi rejalashtirilgan masalalar, xususan, O‘zbekiston mahallalari uyushmasi tuman bo‘limi faoliyati dastlabki tarzda, atroflicha o‘rganib chiqildi.

Mahalla uyushmasi faoliyati: O‘zbekiston mahallalari uyushmasi tuman bo‘limi tomonidan o‘tgan davr mobaynida mahallalar nufuzini oshirish, xotin-qizlar va yoshlar bilan ishlash, ijtimoiy muhitni sog‘lomlashtirish hamda “mahalla ettiligi” faoliyatini samarali muvofiqlashtirish borasida amalga oshirilgan ishlar va yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar tahlil qilindi;
Qonuniylik va ijro intizomi:

Sessiya muhokamasiga olib chiqilayotgan barcha qaror loyihalarining amaldagi qonunchilikka mosligi hamda tuman rivojiga qay darajada xizmat qilishi;

Deputatlar nazorati: Masalalarning tuman Kengashi doimiy komissiyalarida deputatlar va ekspertlar ishtirokida qay darajada puxta muhokama qilinganligi.

O‘rganishlar davomida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, xususan, Mahalla uyushmasi tuman bo‘limi faoliyatini yanada jonlantirish va qaror loyihalarini aniq raqamlar bilan takomillashtirish bo‘yicha mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi.

Kun tartibidagi barcha masalalar to‘liq g‘alvirdan o‘tkazilib, sessiya muhokamasiga tayyor holatga keltirildi