Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yaratilayotgan ish o‘rinlari tahlili - deputatlik so‘rovida
янв.21
Inson ijtimoiy xizmatlar markazida qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
🇺🇿 Saylov okrugida infratuzilmani yaxshilash maqsadida deputatlik so‘rovi yuborildi.
янв.21
Deputat biriktirilgan tashkilotda o‘rganish olib bordi
янв.21
Munchoq mahallasida hisobot yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
“Mahalla yettiligi” faoliyati o‘rganildi
янв.21
Chorchinor mahallasida Kengash deputaining muammolar bilan ishlash holati o‘rganildi.
янв.21
Chorchinor mahallasida “mahalla yettiligi” a’zolari faoliyati o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi va tuman hokimligi hamkorligi
янв.21
26 iyun – Xalqaro giyohvandlikka qarshi kurash kuni
“Farhod” mahallasidagi muammo joyida o‘rganildi: deputat so‘rovi ijrosi nazoratda” O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2025-yil 14-yanvardagi KQ-35-son qarori ijrosini ta’minlash hamda aholi murojaatlarida ko‘tarilayotgan masalalarni joyida hal etish maqsadida Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi deputati Dilbar Normurodova tomonidan “Farhod” mahallasidagi chiqindi konteynerlari joylashuvi yuzasidan deputat so‘rovi yuborilgan edi.

Aniqlanishicha, “Farhod” mahallasi Zilola ko‘chasida joylashgan maishiy chiqindilarni yig‘ish maydonchasining amaldagi joylashuvi aholi tomonidan bildirilgan e’tirozlarni inobatga olgan holda qayta ko‘rib chiqilgan. Mutaxassislar xulosasiga asosan chiqindi konteynerlari yig‘ish maydonchasining ichki qismiga ko‘chirilib, hudud sanitariya talablariga muvofiq tartibga keltirildi.

Shuningdek, chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish, maydoncha atrofini obodonlashtirish va sanitariya holatini yaxshilash bo‘yicha tegishli choralar belgilandi.

Aholi salomatligi, ekologik barqarorlik va hududlar obodligini ta’minlashga qaratilgan mazkur masalaning ijrosi Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi deputatlari hamda “Xalqparvar” komissiyasi tomonidan doimiy nazoratda saqlanadi.

Slide 1 of 8