Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yaratilayotgan ish o‘rinlari tahlili - deputatlik so‘rovida
янв.21
Inson ijtimoiy xizmatlar markazida qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
🇺🇿 Saylov okrugida infratuzilmani yaxshilash maqsadida deputatlik so‘rovi yuborildi.
янв.21
Deputat biriktirilgan tashkilotda o‘rganish olib bordi
янв.21
Munchoq mahallasida hisobot yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
“Mahalla yettiligi” faoliyati o‘rganildi
янв.21
Chorchinor mahallasida Kengash deputaining muammolar bilan ishlash holati o‘rganildi.
янв.21
Chorchinor mahallasida “mahalla yettiligi” a’zolari faoliyati o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi va tuman hokimligi hamkorligi
янв.21
26 iyun – Xalqaro giyohvandlikka qarshi kurash kuni
Inson qadri uchun: "Surxon sohili" mahallasida ehtiyojmand oilaning uy-joy sharoiti o‘rganildi

Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi deputati B.Raxmatullayev mahalla faollari ishtirokida “Surxon sohili” mahallasida bo‘lib, ijtimoiy reyestrda turuvchi fuqaro J.Butayev xonadonidagi haqiqiy holatni o‘rgandi.

Fuqaro J.Butayev xonadoni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi PQ-49-sonli qarorining 13-bandiga asosan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-yanvardagi PF–17-sonli Farmoni doirasida uy-joyni ta'mirlash uchun mablag‘ ajratish yuzasidan shahar Kengashiga tavsiya kiritilgan.

Tashrif davomida deputat va mahalla faollari xonadonning yashash sharoiti, tom va devorlarining holati hamda ta’mirtalablik darajasini bevosita ko‘zdan kechirdilar. Rejalashtirilayotgan qurilish-ta’mirlash ishlarining ko‘lami va zaruriy qurilish materiallari ehtiyoji muhokama qilinib, shahar Kengashining navbatdagi doimiy komissiyasi yig‘ilishida ko‘rib chiqilishi belgilanib olindi.

Slide 1 of 3