Bugun Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining yettinchi chaqiriq birinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
Unda tuman saylov komissiyasi raisining joriy yil 27-oktabrda bo‘lib o‘tgan saylov yakunlari to‘g‘risidagi axboroti tinglandi. Sessiyada xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashiga saylangan deputatlarning partiya guruhlari ro‘yxatdan o‘tkazilib, tuman Kengashining Reglamenti va doimiy komissiyalar to‘g‘risidagi Nizom tasdiqlandi.
Sessiyada Alimov Usmon Ibrohimovich Sherobod tuman hokimi lavozimiga bir ovozdan tasdiqlandi.