Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashi deputati B.Suyunov tumandagi Jom mahallasida bo‘lib, mahallada faoliyat yuritayotgan yoshlar yetakchisining ish faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
💠O‘rganish davomida yoshlar yetakchisi tomonidan amalga oshirilayotgan loyihalar, yoshlarning bandligini ta’minlash, ularni kasb-hunarga yo‘naltirish, tadbirkorlikka jalb etish hamda bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish borasidagi ishlar tahlil qilindi.
Shuningdek, mahalladagi uyushmagan yoshlar bilan ishlash, ularning muammolarini aniqlash va hal etish, yoshlarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash yuzasidan amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar muhokama qilindi.
⚡️Deputat tomonidan yoshlar bandligini yanada oshirish, ularning ijtimoiy faolligini kuchaytirish hamda mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish bo‘yicha tegishli taklif va tavsiyalar berildi.
✅ Yoshlar kelajagiga qaratilgan har bir tashabbus — mahalla taraqqiyoti va yurt ravnaqiga qo‘yilgan muhim qadamdir.