Yangiliklar

2024- yil 6- noyabr Xalq deputatlari Baxmal tuman Kengashining yettinchi chaqiriq birinchi sessiyasi o‘tkazildi.
                         2024- yil 6- noyabr Xalq deputatlari Baxmal tuman Kengashining yettinchi chaqiriq birinchi sessiyasi o‘tkazildi. 

    Unda tuman saylov komissiyasi raisi Surayyo Abduraxmanovaning joriy yil 27-oktyabrda bo‘lib o‘tgan saylov yakunlari to‘g‘risidagi axboroti tinglandi.  

   Sessiya ishida Jizzax viloyati hokimining maslahatchisi Xamdamov Rustam Xamdamovich ishtirok etdi.  

   Shuningdek, sessiyada xalq deputatlari Baxmal tuman Kengashiga saylangan deputatlarning partiya guruhlari ro‘yxatdan o‘tkazilib, tuman Kengashining Reglamenti va doimiy komissiyalar to‘g‘risidagi Nizom tasdiqlandi. 

   Sessiyada Jizzax viloyati hokimi tomonidan Baxmal tumani hokimi lavozimiga Ergashev Aziz Mamarasulovich nomzodi ko‘rsatilganligi
bildirildi.
 

   Ergashev Aziz Mamarasulovich Baxmal tumani hokimi lavozimiga bir ovozdan tasdiqlandi.  

Slide 1 of 7