Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Korrupsiyaga qarshi kurashish – barchamizning burchimiz
янв.21
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-yanvardagi "2025-yilda Respublika mahallalarida Xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini oshirish boʻyicha chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi PQ-1-sonli qarori targ‘ibot tadbirlari
янв.21
Yettinchi chaqiriq Xalq deputatlari Boysun tumani Kengashining beshinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Bugun xalq deputatlari Boysun tumani Kengashining yettinchi chaqiriq birinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
DEMOKRATIK ISLOHOTLAR SAMARASI FUQAROLIK JAMIYATI RIVOJIDA KO‘RINADI
янв.21
Bugun Boysun tumanida Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga talabgorlarni saralash tuman bosqichi tanlovi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning “BRIKS plyus” formatidagi sammitda so‘zlagan nutqi
янв.21
Boysun tumanida sektor rahbarlari hamda xorijdagi fuqarolar va yoshlar ishtirokida videochat orqali uchrashuv o‘tkazildi.
янв.21
Saylovga 5 kun qoldi
янв.21
21 oktabr – O‘zbek tili bayrami kuni
Bugun xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashining VII chaqiriq, birinchi sessiyasi o‘tkazildi

Unda viloyat Hududiy saylov komissiyasi raisi Zebuniso Alimardonovaning joriy yil 27-oktabr kuni bo‘lib o‘tgan saylov yakunlari to‘g‘risidagi axboroti tinglandi.

Sessiyada 14-Alpomish saylov okrugidan saylangan deputat Choriyev Abduraim Ravshanovich xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashi raisi etib saylandi.

Shuningdek, sessiyada xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashiga saylangan deputatlarning partiya guruhlari ro‘yxatdan o‘tkazilib, viloyat Kengashining reglamenti va doimiy komissiyalar to‘g‘risidagi Nizom tasdiqlandi.

Maslahatlashuvda Prezidentimiz tomonidan Surxondaryo viloyati hokimi lavozimiga Ulug‘bek Qosimov nomzodi ko‘rsatilganligi bildirildi. Nomzod bo‘yicha partiyalar guruhlari ham o‘z fikr-mulohazalarini bildirishdi.

Nomzod deputatlarga viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning istiqboliga mo‘ljallangan o‘z dasturini taqdim etdi.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 122-moddasi hamda “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonunning 2-moddasiga muvofiq xalq deputatlari viloyat Kengashining VII chaqiriq birinchi sessiyasi qarori bilan Qosimov Ulug‘bek Berdiqobilovich nomzodi Surxondaryo viloyati hokimi lavozimiga bir ovozdan tasdiqlandi.

Slide 1 of 3