Tumanimizda “Keksalar haftaligi”ni "mahallabay" o‘tkazish va yuqori saviyada tashkil etish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilgan.
Ushbu haftalik doirasida yolg‘iz nuroniylarning holidan xabar olish, ularni ma’naviy va jismoniy qo‘llab-kuvvatlash, hurmat-ehtirom ko‘rsatish va e’zozlash bo‘yicha chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Xususan, tumanda istiqomat qiluvchi bir guruh nuroniylar uchun O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ichki ishlar organlari tarixi muzeyiga sayohat tashkil etildi.
Bu kabi ijtimoiy-ma’rifiy loyihalar yoshi ulug‘ insonlar mamlakatimizda doimo e’tibor va e’zozda ekanini yana bir bor tasdiqlaydi.