Yig‘ilishda tumanda energiya samaradorlik bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar, ayniqsa
energiya iste’moli yuqori bo‘lgan korxonalar faoliyati tahlil qilinib, belgilangan maqsadli ko‘rsatkichlarni bajarilishini ta’minlash, energoresurslardan oqilona foydalanishni tizimli yo‘lga qo‘yish yuzasidan
tavsiyalar berildi.
Xususan, energiya sarfi yuqori bo‘lgan ma’nan eskirgan va nostandart uskunalarni energotejamkoriga almashtirish, xonadonlarni ikki bosqichli tizimga o‘tkazish, ulgurji iste’molchilarning elektr qurilmalariga kompensatsiya batareyalarini o‘rnatish va energiya resurslarini iqtisod qilish bilan bog‘liq boshqa
tadbirlarni jadallashtirish lozimligi ko‘rsatib o‘tildi.
Shuningdek, iqtisodiyot tarmoqlari, ijtimoiy va energetika soha obyektlari hamda ko‘p qavatli uy-joylarni kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.