Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Elektr energiyasi bilan bog‘liq muammoni deputat nazoratiga oldi
янв.21
Ko‘chmas mulk ob’ektlari jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yilganda beriladigan kompensatsiya to‘lovlari soliqlardan ozod qilindi. O‘zbekiston Respublikasining “Shaharsozlik renovatsiyasi to‘g‘risida”gi Qonuni qabul qilindi.
янв.21
Mahalladagi ichki yo‘llarni ta’mirlash yuzasidan deputatlik so‘rovi yuborildi
янв.21
Xalq deputatlari Boysun tumani Kengashining 2026-yilning 15-19-iyun kunlari amalga oshiriladigan ishlar rejasi
янв.21
Deputatlik so‘rovi – muammolarning ijobiy yechimi
янв.21
Mahalladagi infratuzilmani yaxshilash maqsadida yuborilgan deputatlik so‘rovi nazoratga olindi va ijobiy yechishi belgilandi
янв.21
Deputatlik so‘rovi orqali ko‘tarilgan masala ijobiy yetim topadigan bo‘ldi.
янв.21
DMTT faoliyati o‘rganildi
янв.21
Saylov okrugida infratuzilmani yaxshilash maqsadida yuborilgan deputatlik so‘roviga javob xati olindi.
янв.21
Aholi murojaatini ijobiy hal etish maqsadida yuborilgan deputatlik so‘rovi ijobiy hal etiladigan bo‘ldi.
Xalq deputatlari Shirin shahar Kengashi

Xalq deputatlari Shirin shahar Kengashi deputati Ulug‘bek Normatov shahardagi sport inshootlari holati hamda yoshlarning yozgi ta’til davrini mazmunli va samarali tashkil etishga qaratilgan to‘garaklar faoliyati bilan tanishdi.

Tashrif davomida aholi, ayniqsa bolalar va o‘smirlar uchun yaratilgan sport maydonchalari, mavjud sharoitlar, ularning texnik holati hamda foydalanish samaradorligi o‘rganildi.

Shuningdek, yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish, ularni sport, san’at va turli yo‘nalishlardagi to‘garaklarga keng jalb etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi. To‘garak mashg‘ulotlarining sifati, qamrovi va yoshlar qiziqishlariga mosligi yuzasidan mas’ullar bilan fikr almashildi.

Yosh avlodning sog‘lom, bilimli va har tomonlama barkamol bo‘lib voyaga yetishida sport inshootlari hamda mazmunli dam olishni tashkil etuvchi to‘garaklarning o‘rni beqiyos. Bu boradagi ishlarni yanada takomillashtirish va mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish muhim vazifalardan biri hisoblanadi.

Slide 1 of 1