Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Mahalladagi ichimlik suv bilan ta’mirlash yuzasidan yuborilgan deputatlik so‘roviga javob xati olindi
янв.21
Kofrun mahallasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ–141-sonli qarori ijrosi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.
янв.21
Musiqa maktabida “Madaniy faoliyat va madaniyat tashkilotlari to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
Yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
Obi mahallasida tadbirkorlarga yaratilgan sharoitlar o‘rganildi
янв.21
Obi mahallasida mahalla raisi va xotin-qizlar faoli faoliyati o‘rganildi
янв.21
Kutubxona faoliyati o‘rganildi
янв.21
Obi saylov okrugi deputatining aholi murojaatlari bilan ishlash holati o‘rganildi
янв.21
Mustaqillik mahallasida xotin-qizlar faoli hamda mahalla inspektori faoliyati o‘rganildi
янв.21
Yaratilayotgan ish o‘rinlari tahlili - deputatlik so‘rovida
Chinoz tumani.Uylarda issiq va sovuq suv bilan ta’minlash, elektr energiyasi, gaz bilan bog‘liq masalalar o'rganildi

Uylarda issiq va sovuq suv bilan ta’minlash, elektr energiyasi, gaz bilan bog‘liq masalalar o'rganildi

Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashining ish rejasiga muvofiq, O‘zbekiston Ekologik partiyasidan 17–Sutchilar saylov okrugidan saylangan deputat Xusan Arabbayev nomidan Kengash kotibiyati mudiri Asqar Baxramov tomonidan tumandagi Paxtaobod MFY hududida joylashgan ko‘p qavatli uylarda aholini issiq va sovuq suv bilan ta’minlash, elektr energiyasi hamda tabiiy gaz bilan bog‘liq masalalar o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida aholi tomonidan bildirilgan murojaat va takliflar tinglanib, mavjud muammolarni bartaraf etish, kommunal xizmatlar sifatini yaxshilash hamda aholiga qulay shart-sharoitlar yaratish yuzasidan mas’ul tashkilotlar bilan muhokamalar olib borildi.

Shuningdek, aniqlangan kamchiliklarni qisqa muddatlarda bartaraf etish, infratuzilma holatini yaxshilash hamda aholini uzluksiz kommunal xizmatlar bilan ta’minlash bo‘yicha tegishli tavsiya va topshiriqlar berildi.

Slide 1 of 4