Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Mahalla yettiligi” faoliyati o‘rganildi
янв.21
Chorchinor mahallasida Kengash deputaining muammolar bilan ishlash holati o‘rganildi.
янв.21
Chorchinor mahallasida “mahalla yettiligi” a’zolari faoliyati o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi va tuman hokimligi hamkorligi
янв.21
26 iyun – Xalqaro giyohvandlikka qarshi kurash kuni
янв.21
Gaza mahallasida ijtimoiy himoyaga muhtoj oila muammolari o‘rganildi
янв.21
Gaza mahallasida tadbirkorlar muammolari o‘rganildi
янв.21
Gaza mahallasida infratuzilma muammolari o‘rganildi
янв.21
Gaza mahallasida “mahalla yettiligi” a’zolari faoliyati o‘rganildi
янв.21
Gaza mahallasi deputatining aholi murojaatlari bilan ishlash holati o‘rganildi
Deputat mahallada DEPUTAT NAZORATI: “Kultepa” mahallasida yoshlar bandligi va besh tashabbus ijrosi ko‘zdan kechirildi

 DEPUTAT NAZORATI: “Kultepa”
mahallasida yoshlar bandligi va besh tashabbus ijrosi ko‘zdan kechirildi
 

Mahallalarda yoshlar bilan
ishlash tizimining samaradorligi, ularning bandligini ta’minlash hamda bo‘sh
vaqtlarini mazmunli tashkil etish chora-tadbirlari doimiy e’tiborda.
 

Xalq deputatlari Piskent
tumani Kengashining 20-Kultepa saylov okrugi deputati (XDP partiya guruhi
a’zosi) G.G‘ulomxonova hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi G.Xudoyqulova
tomonidan “Kultepa” mahalla fuqarolar yig‘inida navbatdagi amaliy o‘rganish ishlari
olib borildi.
 

O‘rganish davomida quyidagi
holatlar tahlil qilindi:
 

Yetakchi faoliyati:
Mahalladagi yoshlar yetakchisi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar va
chora-tadbirlarning samaradorligi baholandi.
 

Bandlik va mazmunli hordiq:
Yoshlarning bandligini ta’minlash, ularni tadbirkorlik va kasb-hunarga
yo‘naltirish borasidagi tizimli ishlar ko‘zdan kechirildi.
 

Besh tashabbus amalda:
Mahalla yoshlarining bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish maqsadida, Davlat
rahbari tomonidan ilgari surilgan Besh muhim tashabbus doirasida turli
madaniy-ma’rifiy va sport tadbirlari izchil tashkil etilayotganligi ma’lum
qilindi.
 

O‘rganish yakunida mahallada
yoshlar bilan ishlash tizimini yanada jonlantirish, ularning taklif va
muammolarini tinglash hamda bandlik ko‘rsatkichlarini yanada oshirish bo‘yicha
mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi.
 

Telegram(http://t.me/PiskentTumaniKotibiyati) Facebook(https://www.facebook.com/share/1B4wErcYvP/ 

Slide 1 of 4