🏛 O‘zbekiston Respublikasining “Oilaviy tadbirkorlik to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘RQ-327) doirasida “Xusniya Shodiya” oilaviy tadbirkorlik faoliyati o‘rganildi.
👥 Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi deputati D.Xasanova hamda Kengash kotibiyati xodimi U.Ruzmetov tomonidan 💰 50 mln so‘m imtiyozli kredit evaziga o‘z biznesini yo‘lga qo‘ygan Sattimova Xusniya faoliyati joyiga chiqib o‘rganildi.
🔍 O‘rganish jarayonida ajratilgan imtiyozli kredit mablag‘larining maqsadli va samarali yo‘naltirilgani, tadbirkorlik faoliyatining izchil rivojlanib borayotgani hamda yangi ish o‘rinlari yaratilishiga xizmat qilayotgani qayd etildi.
📈 Shuningdek, tadbirkorning kelgusidagi rejalari va faoliyatini yanada kengaytirish bo‘yicha taklif hamda tavsiyalar berildi.
🤝 Mazkur yo‘nalishda oilaviy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, fuqarolarning bandligini ta’minlash va daromadni kengaytirish davom ettirilmoqda.