Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi deputati D.Xasanova hamda Kengash kotibiyati xodimi U.Ruzmetov tomonidan tumandagi Yangiobod mahallasida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Xotin-qizlar muammolarini o‘rganish va hal etish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 145-son qarori ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.
🔍 O‘rganish davomida “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarga ko‘rsatilayotgan amaliy yordamlar, ularning bandligini ta’minlash, tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash hamda ijtimoiy muammolarini hal etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar joyiga chiqqan holda ko‘zdan kechirildi.
🤝 Shuningdek, xotin-qizlar bilan suhbatlar o‘tkazilib, ularning murojaat va takliflari o‘rganildi hamda mavjud masalalar yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.
✅ Mahallalarda xotin-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning ijtimoiy faolligini oshirish va turmush sharoitlarini yaxshilashga qaratilgan ishlar izchil davom ettirilmoqda.