Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi deputati D.Xasanova hamda Kengash kotibiyati xodimi U.Ruzmetov tomonidan tumandagi Yangiobod mahallasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi “2026-yilda hududlarni yangicha yondashuvlar asosida rivojlantirish orqali aholi daromadini oshirish, barqaror ish o‘rinlarini yaratish hamda kambag‘allikni qisqartirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-49-son qarori ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.
🔍 O‘rganish davomida mahalla hokim yordamchisi Q.Ro‘zmetov tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishildi.
💼 Xususan, ijtimoiy reyestrda ro‘yxatda turuvchi fuqaro G.Sobirovaga imtiyozli kredit asosida tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish va rivojlantirish uchun 10 million so‘m mablag‘ ajratilgani hamda buning natijasida 1 ta yangi ish o‘rni yaratilgani aniqlandi.
✅ Mahallada aholi bandligini ta’minlash, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va kambag‘allikni qisqartirishga qaratilgan ishlar izchil davom ettirilmoqda.