Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi deputati Y.Berdiyarov tomonidan Qurbon hayiti munosabati bilan mahalladagi yolg‘iz keksalar holidan xabar olindi.
Tashrif davomida keksalarning salomatligi, yashash sharoitlari hamda mavjud muammolari bilan yaqindan tanishilib, ularga bayram munosabati bilan samimiy tilaklar bildirildi. Shuningdek, nuroniylarni e’zozlash, ularga doimiy e’tibor va g‘amxo‘rlik ko‘rsatish xalqimizga xos ezgu qadriyatlardan biri ekani ta’kidlandi.
Suhbat jarayonida keksalar tomonidan bildirilgan murojaat va takliflar tinglanib, ularni hal etish bo‘yicha tegishli masalalar nazoratga olindi.