Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Korrupsiyaga qarshi kurashish masalalari o‘rganildi
янв.21
Qarorlar ijrosi amalga oshirilmoqda.
янв.21
Aholi muammolari o‘rganildi.
янв.21
Deputatlik so‘rovi — aholi muammolari yechimida amaliy qadam
янв.21
Mahallalarda infratuzilma yaxshilanmoqda.
янв.21
Elektr energiyasi bilan bog‘liq muammoni deputat nazoratiga oldi
янв.21
Ko‘chmas mulk ob’ektlari jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yilganda beriladigan kompensatsiya to‘lovlari soliqlardan ozod qilindi. O‘zbekiston Respublikasining “Shaharsozlik renovatsiyasi to‘g‘risida”gi Qonuni qabul qilindi.
янв.21
Mahalladagi ichki yo‘llarni ta’mirlash yuzasidan deputatlik so‘rovi yuborildi
янв.21
Xalq deputatlari Boysun tumani Kengashining 2026-yilning 15-19-iyun kunlari amalga oshiriladigan ishlar rejasi
янв.21
Deputatlik so‘rovi – muammolarning ijobiy yechimi
Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

“Temir daftar” va “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi faoliyatida yangi tartiblar joriy etildi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 31-maydagi 313-sonli qarori ga muvofiq, “Temir daftar” orqali ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish hamda “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi mablag‘laridan foydalanish tartibi takomillashtirildi.

✅ Ijtimoiy yordam oluvchilar doirasi kengaytirildi

    Endilikda ijtimoiy yordam nafaqat “Temir daftar”ga kiritilgan fuqarolarga, balki kambag‘al oilalar reyestriga kiritilgan oilalarga ham taqdim etiladi.

    Oila a’zosiga to‘g‘ri keladigan o‘rtacha daromad minimal iste’mol xarajatlarining 2 baravaridan oshmasligi lozim.

    Muhtoj oilalar “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimi orqali avtomatik aniqlanadi.

 ✅“Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi mablag‘lari manbalari

Jamg‘arma mablag‘lari:

 homiylik va xayriya mablag‘lari;

 davlat budjeti va mahalliy budjetlarning qo‘shimcha manbalari;

 qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa tushumlar hisobidan shakllantiriladi.

🤝 Jamg‘arma mablag‘lari qanday maqsadlarda sarflanadi?

Ehtiyojmand oilalarga:

    dori-darmon va davolanish xarajatlari;

    oziq-ovqat, kiyim-kechak va boshqa birlamchi ehtiyoj mahsulotlari;

     ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashning boshqa turlari bo‘yicha yordam ko‘rsatiladi.

📲 Vaucher tizimi joriy etildi

    Ijtimoiy yordamlar maqsadli elektron vaucherlar orqali ajratilib, mablag‘larning manzilli va shaffof sarflanishi ta’minlanadi.

📋 “Temir daftar”ga kiritish tartibi

Quyidagi holatlarda oila “Temir daftar”ga kiritilishi mumkin:

   oilada mehnatga layoqatli shaxs mavjud bo‘lmaganda;

   boquvchisini yo‘qotgan oilalarda;

   uy-joy va turmush sharoiti og‘ir bo‘lganda.

   Ariza va murojaatlar hududiy “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari tomonidan o‘rganiladi.

📈 “Temir daftar”dan chiqarish

Oilaning moddiy ahvoli yaxshilanib, doimiy daromad manbai yaratilganidan so‘ng, belgilangan tartibda “Temir daftar”dan chiqariladi.

📌 Mazkur tartibning asosiy maqsadi — ijtimoiy yordamlarni manzilli, shaffof va adolatli taqsimlash hamda ehtiyojmand fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash samaradorligini oshirishdan iborat.

Slide 1 of 1