Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Mahalla yettiligi” faoliyati o‘rganildi
янв.21
Chorchinor mahallasida Kengash deputaining muammolar bilan ishlash holati o‘rganildi.
янв.21
Chorchinor mahallasida “mahalla yettiligi” a’zolari faoliyati o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi va tuman hokimligi hamkorligi
янв.21
26 iyun – Xalqaro giyohvandlikka qarshi kurash kuni
янв.21
Gaza mahallasida ijtimoiy himoyaga muhtoj oila muammolari o‘rganildi
янв.21
Gaza mahallasida tadbirkorlar muammolari o‘rganildi
янв.21
Gaza mahallasida infratuzilma muammolari o‘rganildi
янв.21
Gaza mahallasida “mahalla yettiligi” a’zolari faoliyati o‘rganildi
янв.21
Gaza mahallasi deputatining aholi murojaatlari bilan ishlash holati o‘rganildi
#Gʻalla o‘rim-yig‘im mavsumi oldidan xayrli tadbir tashkil etildi

 
Gʻalla o‘rim-yig‘im mavsumi oldidan Qutayba ibn Muslim ziyoratgohida jonliq so‘yilib, ehson dasturxoni yozildi. Ushbu xayrli tadbirda Jalaquduq tumani hokimi, tuman Kengashi deputati Hikmatillo Latipov, tuman Kengashi raisi Sh. Xaytaxunov, doimiy komissiya raisi A.Qurbonov, nuroniylar, fermerlar hamda jamoatchilik vakillari ishtirok etdilar. Tadbir davomida yig‘ilganlar yurtimiz tinchligi va osoyishtaligi, xalqimiz farovonligi, dehqon va fermerlar mehnatining barakali bo‘lishi hamda bu yilgi bug‘doy hosilining mo‘l-ko‘l yetishtirilib, o‘rim-yig‘im ishlarining betalofat o‘tishini tilab duolar qildilar. Nuroniylar tomonidan qilingan ezgu tilaklarda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning samarasi, qishloq xo‘jaligi sohasida mehnat qilayotgan insonlarning fidokorona mehnati va ularning ro‘zg‘origa baraka tilash kabi ezgu niyatlar o‘z ifodasini topdi.Tadbir ishtirokchilari g‘alla o‘rimi mavsumini uyushqoqlik bilan o‘tkazish, hosilni nes-nobud qilmasdan yig‘ib olish va mamlakatimiz oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashda har bir mehnatkashning hissasi muhim ekanini ta’kidladilar.
  

Slide 1 of 4