Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Musiqa maktabida “Madaniy faoliyat va madaniyat tashkilotlari to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
Yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
Obi mahallasida tadbirkorlarga yaratilgan sharoitlar o‘rganildi
янв.21
Obi mahallasida mahalla raisi va xotin-qizlar faoli faoliyati o‘rganildi
янв.21
Kutubxona faoliyati o‘rganildi
янв.21
Obi saylov okrugi deputatining aholi murojaatlari bilan ishlash holati o‘rganildi
янв.21
Mustaqillik mahallasida xotin-qizlar faoli hamda mahalla inspektori faoliyati o‘rganildi
янв.21
Yaratilayotgan ish o‘rinlari tahlili - deputatlik so‘rovida
янв.21
Inson ijtimoiy xizmatlar markazida qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
🇺🇿 Saylov okrugida infratuzilmani yaxshilash maqsadida deputatlik so‘rovi yuborildi.
Deputat nazorati

MAHALLADA SUV MUAMMOSI BARTARAF ETILDI

Angren daryosi Yonariq MFYga kiruvchi ariq boshi, ya’ni suv kirish qismida joylashgan o‘zan Angren daryosidan suv miqdorining ortishi oqibatida yuvilib ketgan edi. Bu holat mahallaga suv kirishining to‘xtab qolishiga sabab bo‘lib, aholi uchun muayyan qiyinchiliklarni yuzaga keltirgan.

Ushbu muammo yuzasidan mahalla raisi tomonidan tegishli tashkilotlar va mas’ullarga texnika ajratish bo‘yicha murojaat qilindi.

Mazkur murojaat ijrosini ta’minlash maqsadida Xalq deputatlari Ohangaron tuman Kengashi deputati, O‘zMTDP a’zosi Kuchimova Shahlo Xatamovna tomonidan amaliy chora-tadbirlar ko‘rildi. Xususan, zarur texnikalar jalb qilinib, ariq qayta kavlandi va suv yo‘li tiklandi.

Amalga oshirilgan ishlar natijasida mahallaga suv chiqarilib, aholining suv ta’minoti bilan bog‘liq muammosi bartaraf etildi. 

Slide 1 of 3