Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yaratilayotgan ish o‘rinlari tahlili - deputatlik so‘rovida
янв.21
Inson ijtimoiy xizmatlar markazida qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
🇺🇿 Saylov okrugida infratuzilmani yaxshilash maqsadida deputatlik so‘rovi yuborildi.
янв.21
Deputat biriktirilgan tashkilotda o‘rganish olib bordi
янв.21
Munchoq mahallasida hisobot yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
“Mahalla yettiligi” faoliyati o‘rganildi
янв.21
Chorchinor mahallasida Kengash deputaining muammolar bilan ishlash holati o‘rganildi.
янв.21
Chorchinor mahallasida “mahalla yettiligi” a’zolari faoliyati o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi va tuman hokimligi hamkorligi
янв.21
26 iyun – Xalqaro giyohvandlikka qarshi kurash kuni
Shovot tumanida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari ijrosi o‘rganildi

🏛 Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi kotibiyat mudiri I. Masharipov, tuman Kengashi deputati M. Kariyev hamda O‘zbekiston Ekologik partiyasi Shovot tumani Kengashining jamoatchilik ishlari bo‘yicha raisi R. Tillayev bilan birgalikda tumanda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari ijrosini o‘rgandilar.
📌 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 20-dekabrdagi PF–223-sonli Farmoni bilan belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash, hududlarda yuqori iqtisodiy o‘sish va aholi bandligini ta’minlashning yangi tizimini joriy etish hamda mahalliy hokimliklarning mas’uliyatini oshirish maqsadida amalga oshirilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi.
📑 Shuningdek, Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashining VII-18-143-12-177-K/25-sonli “2026-yilda Shovot tumanini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturi to‘g‘risida”gi qarori ijrosi doirasida olib borilayotgan qurilish va bunyodkorlik ishlari bilan tanishildi.
🏗 Xususan, tumandagi “Bunyodkor” va “Yangiobod” mahalla fuqarolar yig‘inlari hududida joylashgan 2-son umumiy o‘rta ta’lim maktabini rekonstruksiya qilish loyihasining amalga oshirilish jarayoni o‘rganildi.
🏫 Mazkur loyihaning umumiy qiymati 21 milliard 312 million so‘mni tashkil etib, rekonstruksiya ishlari yakunlangach maktabning loyiha quvvati 1494 o‘ringa yetkaziladi. Natijada o‘quvchilar uchun zamonaviy va qulay ta’lim sharoitlari yaratilishi hamda ta’lim sifati yanada oshishiga xizmat qiladi.
✅ O‘rganish yakunida mas’ullarga qurilish ishlarining sifati va muddatlariga alohida e’tibor qaratish, belgilangan vazifalarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 8