Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Mahalla yettiligi” faoliyati o‘rganildi
янв.21
Chorchinor mahallasida Kengash deputaining muammolar bilan ishlash holati o‘rganildi.
янв.21
Chorchinor mahallasida “mahalla yettiligi” a’zolari faoliyati o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi va tuman hokimligi hamkorligi
янв.21
26 iyun – Xalqaro giyohvandlikka qarshi kurash kuni
янв.21
Gaza mahallasida ijtimoiy himoyaga muhtoj oila muammolari o‘rganildi
янв.21
Gaza mahallasida tadbirkorlar muammolari o‘rganildi
янв.21
Gaza mahallasida infratuzilma muammolari o‘rganildi
янв.21
Gaza mahallasida “mahalla yettiligi” a’zolari faoliyati o‘rganildi
янв.21
Gaza mahallasi deputatining aholi murojaatlari bilan ishlash holati o‘rganildi
Deputatlik so‘rovi yuborildi:

Deputatlik so‘rovi yuborildi:

Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashining 2026-yil 16-apreldagi VII-17-58-8-117-K/26-sonli qarori, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 13-apreldagi PQ-5072-sonli qarori hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2024-yil 30-yanvardagi KQ-666-IV-sonli qarorlari ijrosini ta’minlash maqsadida deputatlik nazorati tartibida deputatlik so‘rovi yuborildi.

Mazkur deputatlik so‘rovi jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan va ovoz berish yakunlariga ko‘ra g‘olib deb topilgan tashabbus doirasida Quyoshli yurt MFY hududidagi 31-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabining moddiy-texnik bazasini rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar holatini o‘rganishga qaratilgan.

Xususan, maktabda moddiy-texnik bazani mustahkamlash bo‘yicha bajarilgan ishlar, ushbu maqsadlar uchun ajratilgan mablag‘larning maqsadli va samarali sarflanishi, bajarilgan ishlarning sifati hamda obyektning foydalanishga tayyorlik darajasi yuzasidan tegishli ma’lumot va tushuntirishlar so‘ralgan.

Slide 1 of 2