Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Fuqaro murojaati joyiga chiqqan holda o‘rganildi.
янв.21
Aholi murojaatini ijobiy hal etish maqsadida deputatlik so‘rovi yuborildi.
янв.21
Saylov okrugida infratuzilmani yaxshilash maqsadida deputatlik so‘rovi yuborildi.
янв.21
Xalq deputatlari Boysun tumani Kengashining 2026-yilning 1-5-iyun kunlari amalga oshiriladigan ishlar rejasi
янв.21
Xalq deputatlari Boysun tuman Kengashining 2026-yil IYUN oyida amalga oshirilishi belgilangan ishlar rejasi
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Assalomu alaykum, qadrli yurtdoshlar!
янв.21
Sel oqibatlarini bartaraf etish yuzasidan yuborilgan deputatlik so‘roviga javob xati olindi.
Deputatlik nazorati

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi “Ko‘p kvartirali uylarni boshqarish tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-48-sonli qarori hamda ushbu hujjat ijrosini ta’minlash maqsadida qabul qilingan Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining 2026-yil 21-fevraldagi VII-20-15-11-168-K/26-sonli qarori asosida belgilangan vazifalarning ijrosi joylarda o‘rganildi.

Jumladan, Zuhro mahalla fuqarolar yig‘inida ko‘p kvartirali uylar hududida bolalar maydonchalarini barpo etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar deputatlik nazorati tartibida ko‘zdan kechirildi.

O‘rganishda Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi kotibiyati mudiri A.Ermatov, doimiy komissiyalar raislari X.Abduraxmonov, A.Mahkamov, Z.Domilayev hamda kotibiyat bosh mutaxassisi N.Akbarova ishtirok etdilar.

Oʻrganish davomida hududda bolalar uchun qulay va xavfsiz sharoitlar yaratish, maydonchalarning sifatli barpo etilishi hamda qarorda belgilangan vazifalarning ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar atroflicha o‘rganildi.

Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi tomonidan qabul qilingan qarorlar ijrosi ustidan deputatlik nazorati ishlari davom ettirilmoqda. Bu esa hududlarda amalga oshirilayotgan loyihalarning sifatli va samarali bajarilishiga xizmat qilmoqda.

Slide 1 of 6