Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Mahalla yettiligi” faoliyati o‘rganildi
янв.21
Chorchinor mahallasida Kengash deputaining muammolar bilan ishlash holati o‘rganildi.
янв.21
Chorchinor mahallasida “mahalla yettiligi” a’zolari faoliyati o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi va tuman hokimligi hamkorligi
янв.21
26 iyun – Xalqaro giyohvandlikka qarshi kurash kuni
янв.21
Gaza mahallasida ijtimoiy himoyaga muhtoj oila muammolari o‘rganildi
янв.21
Gaza mahallasida tadbirkorlar muammolari o‘rganildi
янв.21
Gaza mahallasida infratuzilma muammolari o‘rganildi
янв.21
Gaza mahallasida “mahalla yettiligi” a’zolari faoliyati o‘rganildi
янв.21
Gaza mahallasi deputatining aholi murojaatlari bilan ishlash holati o‘rganildi
DEPUTATLIK NAZORATI

Xalq deputatlari Vobkent tumani Kengashi deputati Mansurxon Xayrulloyev tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi B.Naroʻzov bilan birgalikda Vobkent tumanidagi “Doʻstlik” mahalla fuqarolar yigʻinida boʻlib, hududda ijtimoiy xodim tomonidan aholining ijtimoiy ehtiyojmand qatlamlariga koʻrsatilayotgan xizmatlar holatini oʻrgandi.

🔍Oʻrganish jarayonida kam taʼminlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordamlarni tayinlash hamda ularni oʻz vaqtida yetkazib berish tizimi, murojaatlar bilan ishlash sifati, ehtiyojmand fuqarolarni qoʻllab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar atroflicha koʻzdan kechirildi.

➡️Muloqot davomida aholining mavjud muammolarni tizimli hal etish, ijtimoiy xizmatlar sifatini yanada oshirish hamda aholining davlat tomonidan berilayotgan yordam va imtiyozlardan toʻlaqonli foydalanishini taʼminlash masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.

✔️Taʼkidlanganidek, joylarda olib borilayotgan bunday oʻrganishlar aholining ijtimoiy himoyasini mustahkamlash, ehtiyojmand oilalarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash hamda fuqarolarning davlat idoralariga boʻlgan ishonchini yanada oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Slide 1 of 5