Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yaratilayotgan ish o‘rinlari tahlili - deputatlik so‘rovida
янв.21
Inson ijtimoiy xizmatlar markazida qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
🇺🇿 Saylov okrugida infratuzilmani yaxshilash maqsadida deputatlik so‘rovi yuborildi.
янв.21
Deputat biriktirilgan tashkilotda o‘rganish olib bordi
янв.21
Munchoq mahallasida hisobot yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
“Mahalla yettiligi” faoliyati o‘rganildi
янв.21
Chorchinor mahallasida Kengash deputaining muammolar bilan ishlash holati o‘rganildi.
янв.21
Chorchinor mahallasida “mahalla yettiligi” a’zolari faoliyati o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi va tuman hokimligi hamkorligi
янв.21
26 iyun – Xalqaro giyohvandlikka qarshi kurash kuni
DEPUTATLIK NAZORATI

Xalq deputatlari Vobkent tumani Kengashi deputati M.Xayrulloyev tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi B.Navroʻzov bilan birgalikda “Shakarkent” MFYda xotin-qizlar faoli faoliyati hamda mahallada xotin-qizlar muammolarini hal etish, ularning bandligini taʼminlash va ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar oʻrganildi.

🔍Oʼrganishlar davomida mahalladagi ijtimoiy holat, xotin-qizlarning bandligi, oilalarni qoʼllab-quvvatlash hamda muammoli masalalarni bartaraf etish yuzasidan olib borilayotgan ishlar tahlil qilindi. Maʼlum qilinishicha, “Shakarkent” MFYda jami 1162 ta xonadon mavjud boʼlib, aholi soni 4500 nafarni tashkil etadi. Mahalladagi oilalar soni 1316 ta boʼlsa, shundan 2156 nafarini xotin-qizlar tashkil qiladi.

✔️Shuningdek, 52 ta oila “Yagona ijtimoiy himoya reestri” tizimiga kiritilgan boʼlib, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qoʼllab-quvvatlash maqsadida saxovatpesha homiylar mablagʻlari hisobidan 80 million soʼmlik moddiy yordam ajratilgani qayd etildi.

🏛Mahallada xotin-qizlar bandligini taʼminlashga ham alohida eʼtibor qaratilib, tadbirkorlik faoliyatini yoʼlga qoʼyish maqsadida 20 nafar xotin-qizlarga imtiyozli kreditlar ajratilgan. Shu bilan birga, oila mustahkamligini taʼminlash borasida ham muayyan ishlar amalga oshirilib, ajrim yoqasiga kelib qolgan 5 ta oilani yarashtirishga erishilgan.

📌Oʼrganish yakunida deputat M.Xayrulloyev tomonidan amalga oshirilayotgan ijobiy ishlar eʼtirof etildi. Shu bilan birga, hududda hal etilishi lozim boʻlgan ayrim masalalar yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar berildi hamda kelgusida bu yoʻnalishdagi ishlarni yanada kuchaytirish zarurligi taʼkidlandi.

Slide 1 of 5