Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yaratilayotgan ish o‘rinlari tahlili - deputatlik so‘rovida
янв.21
Inson ijtimoiy xizmatlar markazida qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
🇺🇿 Saylov okrugida infratuzilmani yaxshilash maqsadida deputatlik so‘rovi yuborildi.
янв.21
Deputat biriktirilgan tashkilotda o‘rganish olib bordi
янв.21
Munchoq mahallasida hisobot yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
“Mahalla yettiligi” faoliyati o‘rganildi
янв.21
Chorchinor mahallasida Kengash deputaining muammolar bilan ishlash holati o‘rganildi.
янв.21
Chorchinor mahallasida “mahalla yettiligi” a’zolari faoliyati o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi va tuman hokimligi hamkorligi
янв.21
26 iyun – Xalqaro giyohvandlikka qarshi kurash kuni
DEPUTATLIK FAOLIYATIDAN

Xalq deputatlari G‘ozg‘on shahar Kengashi deputati G.Raxmatova tomonidan shahardagi Yoshlar ishlari agentligida bo‘lib, yoshlar bilan ishlash holati hamda ayniqsa xotin-qizlarga yaratilayotgan imkoniyatlar bilan yaqindan tanishildi.
Mazkur o‘rganish O‘zbekiston Respublikasining “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risida”gi O‘RQ-562-sonli Qonuni (2019-yil 2-sentabr) talablari asosida olib borildi.

O‘rganish davomida yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligini ta’minlash, kasb-hunarga yo‘naltirish, xotin-qizlar uchun yaratilgan imkoniyatlar hamda ijtimoiy loyihalar ijrosi tanqidiy-tahliliy asosda ko‘rib chiqildi.

Jumladan:

yoshlar bilan ishlash samaradorligi
xotin-qizlar uchun yaratilgan imkoniyatlar
bandlik va tadbirkorlikka yo‘naltirish ishlari
ijtimoiy loyihalar va tashabbuslar
tegishli hujjatlar va hisobotlar holati tahlil qilindi

Shuningdek, faoliyatga oid hujjatlar va ma’lumotlar ko‘zdan kechirilib, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Mazkur o‘rganish ishlari yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, xotin-qizlarning jamiyatdagi faolligini oshirish hamda ular uchun teng imkoniyatlarni ta’minlashga xizmat qiladi.

Slide 1 of 3