Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yaratilayotgan ish o‘rinlari tahlili - deputatlik so‘rovida
янв.21
Inson ijtimoiy xizmatlar markazida qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
🇺🇿 Saylov okrugida infratuzilmani yaxshilash maqsadida deputatlik so‘rovi yuborildi.
янв.21
Deputat biriktirilgan tashkilotda o‘rganish olib bordi
янв.21
Munchoq mahallasida hisobot yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
“Mahalla yettiligi” faoliyati o‘rganildi
янв.21
Chorchinor mahallasida Kengash deputaining muammolar bilan ishlash holati o‘rganildi.
янв.21
Chorchinor mahallasida “mahalla yettiligi” a’zolari faoliyati o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi va tuman hokimligi hamkorligi
янв.21
26 iyun – Xalqaro giyohvandlikka qarshi kurash kuni
DEPUTATLIK SO‘ROVIGA JAVOB

DEPUTATLIK SO‘ROVIGA JAVOB

Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashining VII-17-58-8-117-K/26-sonli qarorining 1-ilovasining 5-bandiga asosan, Termiz tumani Termiz MFY hududida joylashgan 35-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabining moddiy-texnik bazasini rivojlantirish tadbiri tasdiqlangan.

Mazkur qarorning 6-ilovasiga muvofiq, 35-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi uchun jami 763,6 mln so‘m mablag‘ ajratilgan bo‘lib, hozirgi kunda 708,7 mln so‘mlik jihozlar elektron savdolarga joylashtirilib, g‘olib deb topilgan korxonalar tomonidan yetkazib berilgan. Qolgan 54,9 mln so‘mlik jihozlar xarid savdolariga qo‘yilganligini ma’lum qilamiz.

Shuningdek, Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashining VII-17-58-8-117-K/26-sonli qarorining 1-ilovasining 6-bandiga asosan, Termiz tumani Termiz MFY hududida joylashgan 28-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabining moddiy-texnik bazasini rivojlantirish tadbiri tasdiqlangan.

Mazkur qarorning 7-ilovasiga muvofiq, 28-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi uchun jami 759,2 mln so‘m mablag‘ ajratilgan bo‘lib, hozirgi kunda 727,4 mln so‘mlik jihozlar elektron savdolarga joylashtirilib, g‘olib korxonalar tomonidan yetkazib berilgan. Qolgan 31,8 mln so‘mlik jihozlar xarid savdolariga qo‘yilganligini ma’lum qilamiz.

Slide 1 of 3