Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Sel oqibatlarini bartaraf etish yuzasidan yuborilgan deputatlik so‘roviga javob xati olindi.
янв.21
Saylov okrugida ichimlik suvi muammosini bartaraf etish yuzasidan yuborilgan deputatlik so‘roviga javob xati olindi.
янв.21
“Yuksak ma’rifatli avlod — Uchinchi Renesans poydevori!”
янв.21
Boysunda aholi uchun ommaviy bepul tibbiy ko‘riklar tashkil etildi
янв.21
Sayyor qabul o‘tkazildi
янв.21
DMTT faoliyati o‘rganildi
янв.21
“Mahalla yettiligi” faoliyati o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Boysun tumani Kengashining 2026-yilning 18-22-may kunlari amalga oshiriladigan ishlar rejasi
янв.21
Deputalik so‘rovi orqali ko‘tarilgan masala nazoratga olindi
янв.21
Hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi.
Hududlarda infratuzilma bilan bog‘liq muammolarni o‘rganish ishlari doirasida Marg‘ilon shahridagi Miltiqsoz MFYda Baraka ko‘chasini asfaltlashtirish masalasi o‘rganildi.

 O‘rganishda kotibiyat mudiri A.Ermatov, doimiy komissiya raislari X.Abduraxmonov, A.Mahkamov kotibiyat bosh mutaxassisi N.Akbarova ishtirok etdilar.

O‘rganish davomida ko‘chaning qatnov qismida nosozliklar mavjudligi, ayniqsa yog‘ingarchilik mavsumida yo‘l yaroqsiz holga kelib, aholi uchun noqulaylik tug‘dirayotgani aniqlandi. Bu holat fuqarolar murojaatlarining ko‘payishiga sabab bo‘lmoqda.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-oktabrdagi 665-sonli qarori mazmun-mohiyati o‘rganilib, unda ichki yo‘llarni ta’mirlash va saqlash ishlari mahalliy budjet mablag‘lari asosida amalga oshirilishi, manzilli ro‘yxatlar shakllantirilishi hamda avariya holatlarida qo‘shimcha obyektlarni dasturga kiritish tartiblari belgilab qo‘yilgani qayd etildi.
O‘rganish yakunida Baraka ko‘chasini asfaltlashtirish masalasini hal etish yuzasidan shahar hokimining tegishli o‘rinbosariga deputat so‘rovi yuborilishi belgilandi. So‘rovda hududdagi mavjud muammolar, fuqarolar murojaatlari va yo‘lni ta’mirlash bo‘yicha amaliy choralar aks ettiriladi.

Slide 1 of 4