Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Sel oqibatlarini bartaraf etish yuzasidan yuborilgan deputatlik so‘roviga javob xati olindi.
янв.21
Saylov okrugida ichimlik suvi muammosini bartaraf etish yuzasidan yuborilgan deputatlik so‘roviga javob xati olindi.
янв.21
“Yuksak ma’rifatli avlod — Uchinchi Renesans poydevori!”
янв.21
Boysunda aholi uchun ommaviy bepul tibbiy ko‘riklar tashkil etildi
янв.21
Sayyor qabul o‘tkazildi
янв.21
DMTT faoliyati o‘rganildi
янв.21
“Mahalla yettiligi” faoliyati o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Boysun tumani Kengashining 2026-yilning 18-22-may kunlari amalga oshiriladigan ishlar rejasi
янв.21
Deputalik so‘rovi orqali ko‘tarilgan masala nazoratga olindi
янв.21
Hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi.
KIBERXAVFSIZLIK – DAVR TALABI: DEPUTAT VA HUQUQ TARTIBOT ORGANLARI HAMKORLIGI

Bugungi raqamli texnologiyalar rivojlangan asrda internet tarmoqlari orqali sodir etilayotgan firgarliklar va kiberjinoyatlarning oldini olish eng dolzarb masalalardan biriga aylanib bormoqda. Aholining raqamli savodxonligini oshirish va ularni kiber-tahdidlardan himoya qilish maqsadida joylarda tizimli targ‘ibot tadbirlari tashkil etilmoqda.

Xalq deputatlari Karmana tumani Kengashidagi 13-Karmana saylov okrugidan O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi (O‘zLiDeP) tomonidan saylangan deputat Halilova Tursunoy Abduhalimovna tashabbusi bilan navbatdagi muhim uchrashuv o‘tkazildi. Viloyat ichki ishlar boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda tashkil etilgan ushbu tadbir butunlay kiberxavfsizlik va uning qoidalariga bag‘ishlandi.

Tadbir davomida soha mutaxassislari va deputat tomonidan fuqarolarga bugungi kunda keng tarqalayotgan plastik kartalardan pul mablag‘larini yashirincha talon-toroj qilish, shubhali havolalar (ssilkalar) orqali shaxsiy ma’lumotlarni o‘g‘irlash hamda ijtimoiy tarmoqlardagi turli feyk (yolg‘on) e’lonlarga ishonib qolmaslik qoidalari atroflicha tushuntirildi. Ayniqsa, fuqarolarning telefon raqamlariga keladigan maxfiy kodlarni hech kimga bermaslik zarurligi hayotiy misollar orqali ko‘rsatib o‘tildi.

Muloqot tarzidagi uchrashuv yakunida aholini ogohlikka chaqiruvchi va kiberxavfsizlik qoidalari aks etgan eslatma bukletlar tarqatildi. Deputat Tursunoy Halilova bunday profilaktik tadbirlar fuqarolarning moddiy va ma’naviy xavfsizligini ta’minlashda, ayniqsa yoshlarni internetdagi xavflardan asrashda muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidlab, bu boradagi hamkorlik ishlar izchil davom ettirilishini bildirdi.

Slide 1 of 4