Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Sel oqibatlarini bartaraf etish yuzasidan yuborilgan deputatlik so‘roviga javob xati olindi.
янв.21
Saylov okrugida ichimlik suvi muammosini bartaraf etish yuzasidan yuborilgan deputatlik so‘roviga javob xati olindi.
янв.21
“Yuksak ma’rifatli avlod — Uchinchi Renesans poydevori!”
янв.21
Boysunda aholi uchun ommaviy bepul tibbiy ko‘riklar tashkil etildi
янв.21
Sayyor qabul o‘tkazildi
янв.21
DMTT faoliyati o‘rganildi
янв.21
“Mahalla yettiligi” faoliyati o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Boysun tumani Kengashining 2026-yilning 18-22-may kunlari amalga oshiriladigan ishlar rejasi
янв.21
Deputalik so‘rovi orqali ko‘tarilgan masala nazoratga olindi
янв.21
Hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi.
HUDUDDAGI INVESTITSIYALAR BO‘YICHA HOLAT. XALQARO HAMKORLIK: O‘ZBEKISTON–XITOY

Ayni kunlarda Xitoy Xalq Respublikasida boʻlib oʻtayotgan Oʻzbekiston – Xitoy hududlararo hamkorlik forumida Parkent tumani delegatsiyasi faol ishtirok etmoqda. Mazkur forum doirasida qator muhim uchrashuv va muzokaralar olib borilmoqda.Jumladan, Xalq deputatlari Parkent tumani Kengashiga 23-«Nomdanak» saylov okrugidan saylangan deputat, tuman hokimi Elmurod Poʻlatov Xitoyning yirik kompaniyalari va investorlar bilan samarali muzokaralar oʻtkazdi.Muzokaralar natijasida umumiy qiymati 15 million AQSH dollariga teng boʻlgan investitsiyaviy kelishuvlarga erishildi. Ushbu kelishuvlar hududda yangi loyihalarni amalga oshirish, zamonaviy ishlab chiqarish quvvatlarini tashkil etish, yangi ish oʻrinlari yaratish hamda eksport salohiyatini oshirishga xizmat qilishi kutilmoqda.Mazkur forum doirasida yoʻlga qoʻyilgan hamkorlik aloqalari Parkent tumanining investitsiyaviy jozibadorligini yanada oshirish, hudud iqtisodiyotini rivojlantirish hamda xalqaro hamkorlikni mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda.Shuningdek, tadbir davomida hududlar o‘rtasida tajriba almashish, zamonaviy texnologiyalarni joriy etish hamda yangi loyihalarni hayotga tatbiq etish yuzasidan muhim kelishuvlarga erishilishi kutilmoqda.  

Slide 1 of 4