Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Sel oqibatlarini bartaraf etish yuzasidan yuborilgan deputatlik so‘roviga javob xati olindi.
янв.21
Saylov okrugida ichimlik suvi muammosini bartaraf etish yuzasidan yuborilgan deputatlik so‘roviga javob xati olindi.
янв.21
“Yuksak ma’rifatli avlod — Uchinchi Renesans poydevori!”
янв.21
Boysunda aholi uchun ommaviy bepul tibbiy ko‘riklar tashkil etildi
янв.21
Sayyor qabul o‘tkazildi
янв.21
DMTT faoliyati o‘rganildi
янв.21
“Mahalla yettiligi” faoliyati o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Boysun tumani Kengashining 2026-yilning 18-22-may kunlari amalga oshiriladigan ishlar rejasi
янв.21
Deputalik so‘rovi orqali ko‘tarilgan masala nazoratga olindi
янв.21
Hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi.
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi raisi A.Tavboyev hamda kotibiyati mudiri J.Axunovlar tomonidan “Yangiobod” mahallasida faoliyat yuritayotgan “Sutello” chorvachilik fermasi faoliyati ko‘zdan kechirildi.

#Kengash_raisi_faoliyati
#Kotibiyat_mudiri_faoliyati

Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi raisi A.Tavboyev hamda kotibiyati mudiri J.Axunovlar tomonidan “Yangiobod” mahallasida faoliyat yuritayotgan “Sutello” chorvachilik fermasi faoliyati ko‘zdan kechirildi.

Korxonada chorvachilik, sut mahsulotlarini qayta ishlash hamda ishlab chiqarish jarayonlari bilan yaqindan tanishildi. Mazkur ferma 2017-yilda tashkil etilgan bo‘lib, bugungi kunda hududdagi yirik tadbirkorlik subyektlaridan biriga aylangan.

Korxonada hozirda 60 gektar maydonda yem-xashak yetishtirilib, qoramollar parvarish qilinmoqda. Fermada 100 bosh zotli sigir bilan faoliyat boshlangan bo‘lib, kelgusida qoramollar sonini 400 boshga yetkazish rejalashtirilgan.

Shuningdek, korxonada qatiq, tvorog, qaymoq, yogurt, brinza kabi sut mahsulotlari ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan. Zamonaviy sog‘ish liniyasi orqali bir vaqtning o‘zida 16 ta sigir sog‘ilib, mahsulotlar qayta ishlash sexiga yuborilmoqda.

Bugungi kunda fermada 50 nafardan ziyod aholi doimiy ish bilan ta’minlangan bo‘lib, hududda tadbirkorlikni rivojlantirish, oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmini oshirish hamda yangi ish o‘rinlari yaratish borasida samarali ishlar amalga oshirilmoqda.

🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram | Veb-Sayt| Facebook|instagram |You tube|

Slide 1 of 4