Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Sel oqibatlarini bartaraf etish yuzasidan yuborilgan deputatlik so‘roviga javob xati olindi.
янв.21
Saylov okrugida ichimlik suvi muammosini bartaraf etish yuzasidan yuborilgan deputatlik so‘roviga javob xati olindi.
янв.21
“Yuksak ma’rifatli avlod — Uchinchi Renesans poydevori!”
янв.21
Boysunda aholi uchun ommaviy bepul tibbiy ko‘riklar tashkil etildi
янв.21
Sayyor qabul o‘tkazildi
янв.21
DMTT faoliyati o‘rganildi
янв.21
“Mahalla yettiligi” faoliyati o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Boysun tumani Kengashining 2026-yilning 18-22-may kunlari amalga oshiriladigan ishlar rejasi
янв.21
Deputalik so‘rovi orqali ko‘tarilgan masala nazoratga olindi
янв.21
Hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi.
Zomin tumanida “Payshanba – yoshlar kuni” doirasida ochiq muloqot tashkil etildi

Zomin tumani hokimligi kichik majlislar zalida “Payshanba – yoshlar kuni” munosabati bilan yoshlar bilan ochiq muloqot uchrashuvi tashkil etildi. Unda Zomin tumani hokimi, tuman Kengashi deputati Alisher Abdug‘aniyev, faol yoshlar hamda tegishli mutasaddi tashkilotlar vakillari ishtirok etdi.

Mazkur uchrashuvdan ko‘zlangan asosiy maqsad — yoshlar bilan bevosita muloqotni kuchaytirish, ularning muammo va takliflarini tinglash, mavjud masalalarga yechim topish hamda yoshlarning jamiyat hayotidagi faolligini yanada oshirishdan iborat bo‘ldi.

Ochiq muloqot davomida yoshlar tomonidan ta’lim sifati, bandlik masalalari, tadbirkorlikni rivojlantirish, sport va madaniy yo‘nalishlarda imkoniyatlarni kengaytirish, axborot texnologiyalariga oid tashabbuslar yuzasidan qator taklif va mulohazalar bildirildi. Har bir murojaat atroflicha muhokama qilinib, ularning yechimi yuzasidan tegishli mutasaddilarga aniq topshiriqlar berildi.

Uchrashuv davomida jami 10 ta murojaat kelib tushdi. Shundan 5 tasi joyida hal etildi, qolgan 5 ta murojaat yuzasidan muddat belgilangan holda mas’ullarga topshiriqlar berildi.

Tuman hokimi o‘z so‘zida yoshlar — yurt kelajagi ekanini, ularning har bir tashabbusi doimo qo‘llab-quvvatlanishini alohida ta’kidladi. Shuningdek, yoshlarning bilim olishi, kasb-hunar egallashi hamda zamonaviy texnologiyalarni o‘zlashtirishi uchun yaratilayotgan imkoniyatlar haqida batafsil to‘xtalib o‘tildi.

Uchrashuv samimiy, ochiq va konstruktiv ruhda o‘tdi. Eng muhimi, yoshlar o‘z fikrlarini erkin bayon etish imkoniga ega bo‘lib, o‘zlarini eshitilayotganini his etdilar.

Slide 1 of 7