Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Sel oqibatlarini bartaraf etish yuzasidan yuborilgan deputatlik so‘roviga javob xati olindi.
янв.21
Saylov okrugida ichimlik suvi muammosini bartaraf etish yuzasidan yuborilgan deputatlik so‘roviga javob xati olindi.
янв.21
“Yuksak ma’rifatli avlod — Uchinchi Renesans poydevori!”
янв.21
Boysunda aholi uchun ommaviy bepul tibbiy ko‘riklar tashkil etildi
янв.21
Sayyor qabul o‘tkazildi
янв.21
DMTT faoliyati o‘rganildi
янв.21
“Mahalla yettiligi” faoliyati o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Boysun tumani Kengashining 2026-yilning 18-22-may kunlari amalga oshiriladigan ishlar rejasi
янв.21
Deputalik so‘rovi orqali ko‘tarilgan masala nazoratga olindi
янв.21
Hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi.
Aziz Ibragimov tomonidan mahallalardagi ijtimoiy infratuzilma obyektlari o‘rganildi

#deputatlar_nazorati #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

❗️Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Aziz Ibragimov tomonidan mahallalardagi ijtimoiy infratuzilma obyektlari o‘rganildi

🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Aziz Ibragimov tomonidan hududlarda aholi, ayniqsa yoshlar uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar, sport va dam olish maskanlari holatini yaxshilash maqsadida qator mahallalarda joyiga chiqib o‘rganish ishlari olib borildi.

⚽️ Jumladan, Olim Xo‘jayev MFY hududida qurilishi rejalashtirilgan sport maydonchasi hamda foydalanishga yaroqsiz holatga kelib qolgan bolalar o‘yingohini ta’mirlash masalalari ko‘rib chiqildi. Mutasaddilar ishtirokida obyektlar holati baholanib, zarur smeta hujjatlarini tayyorlash uchun o‘lchov ishlari amalga oshirildi. Mazkur loyiha uchun 202 million so‘m mablag‘ ajratilishi rejalashtirilgani ma’lum qilindi.

📝 Shuningdek, Charxnovza MFY hududidagi “Qariyalar oromgohi”ni ta’mirlash masalasi ham atroflicha muhokama qilinib, amalga oshiriladigan ishlar yuzasidan kelishuvga erishildi. Ta’mirlash ishlari uchun 60 million so‘m mablag‘ yo‘naltirilishi qayd etildi.

🏟️ Samarqand Darvoza MFY hududida joylashgan 13-sonli umumta’lim maktabidagi futbol maydonining holati ham deputat tomonidan o‘rganildi. Xususan, futbol maydonini o‘rab turgan himoya setkalari yaroqsiz holatga kelib qolgani, bu esa bolalar uchun jarohatlanish xavfini yuzaga keltirayotgani ta’kidlandi. Shu bois, maydonni zudlik bilan ta’mirlash zarurligi tuman hokimligi mas’ullariga alohida ko‘rsatib o‘tildi. Mazkur ishlar uchun 39 million so‘m mablag‘ ajratilishi rejalashtirilgan.

📁 Zangiota MFY hududidagi bolalar futbol maydonchasini ta’mirlash hamda maydon yonidagi bo‘sh hududda yangi bolalar o‘yingohini qurish bo‘yicha ham o‘rganish ishlari olib borildi. Hududda o‘lchov va baholash ishlari amalga oshirilib, loyiha uchun 207 million so‘m mablag‘ ajratilishi ta’kidlandi.

📌 O‘rganishlar davomida Mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari doirasida yoshlar bandligini ta’minlash, sport infratuzilmasini rivojlantirish, mahallalarda bolalar uchun xavfsiz va zamonaviy sharoitlar yaratish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

🤝 Bunday amaliy o‘rganishlar hududlarda mavjud muammolarni aniqlash, ularni bosqichma-bosqich bartaraf etish hamda aholi uchun yanada qulay infratuzilma yaratishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 10