Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Xalq deputatlari Tuproqqal'a tumani Kengashining "Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport” masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi yig‘ilishida

Xalq deputatlari Tuproqqal’a tuman Kengashining “Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport” masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi yig‘ilishida tuman Favqulodda vaziyatlar bo‘limining 2026-yil 1-chorakdagi faoliyati muhokama qilindi.
Unda bo‘lim tomonidan korxona va tashkilotlar bilan hamkorlikda o‘quv-taktik mashg‘ulotlar o‘tkazilgani, tumanda yuz berishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlarga tayyorgarlik holati ko‘rib chiqildi. Hisobotda bo‘limda barcha zarur texnika, asbob-uskunalar va jihozlar yetarli ekani qayd etildi.
Yig‘ilish yakunida aholi xavfsizligini ta’minlash va profilaktik tadbirlarni kuchaytirish bo‘yicha tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 2