Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Sel oqibatlarini bartaraf etish yuzasidan yuborilgan deputatlik so‘roviga javob xati olindi.
янв.21
Saylov okrugida ichimlik suvi muammosini bartaraf etish yuzasidan yuborilgan deputatlik so‘roviga javob xati olindi.
янв.21
“Yuksak ma’rifatli avlod — Uchinchi Renesans poydevori!”
янв.21
Boysunda aholi uchun ommaviy bepul tibbiy ko‘riklar tashkil etildi
янв.21
Sayyor qabul o‘tkazildi
янв.21
DMTT faoliyati o‘rganildi
янв.21
“Mahalla yettiligi” faoliyati o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Boysun tumani Kengashining 2026-yilning 18-22-may kunlari amalga oshiriladigan ishlar rejasi
янв.21
Deputalik so‘rovi orqali ko‘tarilgan masala nazoratga olindi
янв.21
Hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi.
Sessiya oldi o‘rganish: Jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish masalalari diqqat markazida

 Sessiya oldi o‘rganish: Jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish masalalari diqqat
markazida
 

Xalq deputatlari
Piskent tumani Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik
masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi T.Azamatov tomonidan navbatdagi
sessiya oldi o‘rganishi o‘tkazildi.
 

O‘rganish
davomida Piskent tumani Ichki ishlar bo‘limi tomonidan 2026 yilning 1-choragi
davomida tuman hududida jinoyatchilikning barvaqt oldini olish,
huquqbuzarliklar profilaktikasini kuchaytirish va fuqarolar xavfsizligini
ta’minlash borasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisoboti atroflicha
tahlil qilindi.
 

 O‘rganish davomida asosiy e’tibor
quyidagilarga qaratildi:
 

Chorak davomida
qayd etilgan jinoyatlar dinamikasi va ularning fosh etilish ko‘rsatkichlari;
 

Mahallalarda
«xavfsiz muhit» yaratish, jinoyatchilikka layoqatli qatlam bilan ishlash
tizimi;
 

Korrupsiyaviy
xavf-xatarlarni bartaraf etish va shaxsiy tarkib o‘rtasida xizmat intizomiga
rioya etilishi.
 

Eslatma: Doimiy
komissiya raisi T.Azamatov tomonidan aniqlangan yutuqlar bilan bir qatorda,
yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar va chekka mahallalarda profilaktika ishlarini
yanada jadallashtirish zarurligi ta’kidlandi.
 

Telegram
(http://t.me/PiskentTumaniKotibiyati) Facebook (
https://www.facebook.com/share/1B4wErcYvP/