Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Sel oqibatlarini bartaraf etish yuzasidan yuborilgan deputatlik so‘roviga javob xati olindi.
янв.21
Saylov okrugida ichimlik suvi muammosini bartaraf etish yuzasidan yuborilgan deputatlik so‘roviga javob xati olindi.
янв.21
“Yuksak ma’rifatli avlod — Uchinchi Renesans poydevori!”
янв.21
Boysunda aholi uchun ommaviy bepul tibbiy ko‘riklar tashkil etildi
янв.21
Sayyor qabul o‘tkazildi
янв.21
DMTT faoliyati o‘rganildi
янв.21
“Mahalla yettiligi” faoliyati o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Boysun tumani Kengashining 2026-yilning 18-22-may kunlari amalga oshiriladigan ishlar rejasi
янв.21
Deputalik so‘rovi orqali ko‘tarilgan masala nazoratga olindi
янв.21
Hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi.
#tavsiyalar_asosida_tibbiyot
#tavsiyalar_asosida_tibbiyot

Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashi deputati M. Mamedov tomonidan shahar tibbiyot birlashmasida olib borilayotgan ta’mirlash ishlari hamda aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifati o‘rganildi. Tashrif davomida muassasada amalga oshirilayotgan qurilish va ta’mirlash ishlari, bemorlar uchun yaratilgan sharoitlar, sanitariya holati hamda fuqarolar uchun qulayliklar ko‘zdan kechirildi.

O‘rganish jarayonida ta’mirlash ishlari belgilangan reja asosida olib borilayotgani, xonalarda zamonaviy sharoitlar yaratilayotgani hamda bemorlar uchun qulay muhit tashkil etishga alohida e’tibor qaratilayotgani qayd etildi. Shuningdek, tibbiyot muassasasida aholiga sifatli xizmat ko‘rsatish, kutish joylarini yaxshilash va tibbiy jihozlardan samarali foydalanish borasida amalga oshirilayotgan ishlar ijobiy baholandi.

Deputat tomonidan mas’ullarga mavjud imkoniyatlardan unumli foydalanish, ta’mirlash ishlarini sifatli yakunlash hamda fuqarolar uchun yanada qulay va zamonaviy sharoitlar yaratish yuzasidan tavsiyalar berildi. Yakunda aholining tibbiy xizmatlardan mamnunligini oshirish ustuvor vazifa ekani ta’kidlandi.

Xalq deputatlari
Kogon shahar Kengashi
axborot xizmati

Telegram
Instagram
Facebook
Youtube
E-kengash
Slide 1 of 3