Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Buxoro shahrida “Markaziy Osiyo mamlakatlari va Ozarbayjon yetakchi ayollari muloqoti” bo‘lib o‘tmoqda.

Ushbu xalqaro muloqotda Xalq deputatlari Samarqand shahar Kengashi deputati Shaxzoda Negmatova ham qatnashib, xotin-qizlarning jamiyatdagi o‘rni, gender tengligini ta’minlash, ta’lim va ilm-fan sohalarini rivojlantirish hamda mintaqalararo hamkorlikni mustahkamlash borasidagi muhokamalarda ishtirok etdi.

Forum doirasida ayollarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, innovatsion tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash va xalqaro tajriba almashish masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Slide 1 of 4