Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Tibbiy xizmat sifati o‘rganildi
янв.21
Tasdiqlangan grafikka asosan Sho‘rsoy mahallasi deputati saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazdi.
янв.21
Fuqarolar murojaati o‘rganildi
янв.21
Davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyati o‘rganildi
янв.21
Shifobuloq mahallasida “mahalla yettiligi” faoliyati deputatlar tomonidan o‘rganildi
янв.21
Tumanning chekka hududlarida bolalarning bog‘cha qamrovi yaxshilanadi
янв.21
PQ-141-sonli qaror asosida aholi infratuzilmasi yaxshilanmoqda
янв.21
Ijtimoiy loyihalar ijrosi o‘rganildi.
янв.21
Sel oqibatlarini bartaraf etish yuzasidan deputalik so‘rovi yuborildi.
янв.21
Ta’lim muassasasini ta’mirlash yuzasidan yuborilgan deputatlik so‘rovi ijobiy yechim topadigan bo‘ldi.
IJTIMOIY XODIM FAOLIYATI TAHLIL QILINDI

 IJTIMOIY XODIM FAOLIYATI TAHLIL QILINDI  

Xalq deputatlari Quva tuman Kengashi deputati A.To‘lqinboyev
tomonidan Dehqonobod mahalla fuqarolar yig‘inida ijtimoiy xodimning faoliyati
atroflicha o‘rganildi. 

O‘rganish jarayonida ijtimoiy xodimning aholiga
ko‘rsatayotgan xizmatlari sifati, murojaatlar bilan ishlash samaradorligi,
fuqarolarning muammo va ehtiyojlarini o‘z vaqtida aniqlash hamda ularni hal
etish ishlari ko‘rib chiqildi. Shuningdek, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni
aniqlash, ularga manzilli yordam ko‘rsatish, hujjatlar yuritilishi, hisobotlar
tayyorlash va elektron platformalar orqali ma’lumot kiritish jarayonlari ham
o‘rganilib, tahlil qilindi. 

O‘rganish davomida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish
bo‘yicha ijtimoiy xodimga aniq tavsiyalar berildi. Jumladan, manzilli yordamni
ehtiyoj asosida to‘g‘ri taqsimlash va elektron hisobot tizimini yaxshilash
yuzasidan ko‘rsatmalar berildi. Shuningdek, kelgusida ish samaradorligini
oshirish hamda aholi bilan ishlashda ochiqlik, shaffoflik va tezkorlikni
ta’minlash vazifalari belgilab berildi.  

Slide 1 of 1