Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Sel oqibatlarini bartaraf etish yuzasidan yuborilgan deputatlik so‘roviga javob xati olindi.
янв.21
Saylov okrugida ichimlik suvi muammosini bartaraf etish yuzasidan yuborilgan deputatlik so‘roviga javob xati olindi.
янв.21
“Yuksak ma’rifatli avlod — Uchinchi Renesans poydevori!”
янв.21
Boysunda aholi uchun ommaviy bepul tibbiy ko‘riklar tashkil etildi
янв.21
Sayyor qabul o‘tkazildi
янв.21
DMTT faoliyati o‘rganildi
янв.21
“Mahalla yettiligi” faoliyati o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Boysun tumani Kengashining 2026-yilning 18-22-may kunlari amalga oshiriladigan ishlar rejasi
янв.21
Deputalik so‘rovi orqali ko‘tarilgan masala nazoratga olindi
янв.21
Hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi.
DEPUTAT NAZORATI

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari, Oliy Majlis palatalari va Hukumat qarorlari hamda oliy darajadagi tashriflar davomida erishilgan kelishuvlar yuzasidan ishlab chiqilgan “yoʻl xaritalari”da Chilonzor tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha belgilangan chora-tadbirlarni manzilli o‘rganish va samarali nazoratni amalga oshirish rejasi tasdiqlangan edi.

️Mazkur rejaga asosan, xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashi deputati, kotibiyat mudiri, OʻzLiDeP a’zosi Murotova Lola Ne’matjon qizi hamda Kengashning Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari boʼyicha doimiy komissiyasi a'zosi, Adolat SDP a'zosi Tashmuhammedova Muhabbat Baxtiyorovnalar tomonidan Katta Navbahor mahallasida ish boshlagan “Anglesey Food” MCHJ ning savdo faoliyatini tashkil etish loyihasi o‘rganildi.

✅Mazkur loyiha doirasida:
🔹 hududda savdo va xizmat ko‘rsatish faoliyati kengaytirildi;
🔹 aholini sifatli va zarur oziq-ovqat mahsulotlari bilan uzluksiz ta’minlash choralariga alohida e’tibor qaratildi;
🔹 bozorlarda narx-navoning sun’iy oshirilishining oldini olish hamda narxlar barqarorligini ta’minlash yuzasidan tavsiyalar berildi;
🔹 aholi uchun qulay va zamonaviy savdo infratuzilmasi yaratildi;
🔹 50 ta yangi ish o‘rni yaratildi.

Amalga oshirilayotgan loyihalar hudud iqtisodiy salohiyatini oshirish, tadbirkorlikni rivojlantirish hamda aholi bandligini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Slide 1 of 7