Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Mahalla yettiligi” faoliyati o‘rganildi
янв.21
Chorchinor mahallasida Kengash deputaining muammolar bilan ishlash holati o‘rganildi.
янв.21
Chorchinor mahallasida “mahalla yettiligi” a’zolari faoliyati o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi va tuman hokimligi hamkorligi
янв.21
26 iyun – Xalqaro giyohvandlikka qarshi kurash kuni
янв.21
Gaza mahallasida ijtimoiy himoyaga muhtoj oila muammolari o‘rganildi
янв.21
Gaza mahallasida tadbirkorlar muammolari o‘rganildi
янв.21
Gaza mahallasida infratuzilma muammolari o‘rganildi
янв.21
Gaza mahallasida “mahalla yettiligi” a’zolari faoliyati o‘rganildi
янв.21
Gaza mahallasi deputatining aholi murojaatlari bilan ishlash holati o‘rganildi
Navoiyda kitobxonlik va yoshlar bilan muloqotga bag‘ishlangan uchrashuv

Navoiyda kitobxonlik va yoshlar bilan muloqotga bag‘ishlangan uchrashuv

Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi huzuridagi Yoshlar maslahat guruhi a’zolari — Jalolova Lobarxon va Maqsudova Alina, shuningdek, Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputati, Navoiy shahar hokimi Dilmurod Ergashev Abdulla Qodiriy nomidagi Axborot-kutubxona markaziga tashrif buyurdilar.

Tashrif davomida mehmonlar markaz faoliyati bilan yaqindan tanishib, bu yerda yaratilgan zamonaviy shart-sharoitlar, boy kitob fondi, elektron resurslar bazasi, shinam o‘quv zallari hamda yoshlar uchun tashkil etilgan qulay muhitni ko‘zdan kechirdilar. Shu bilan birga, kitobxonlik madaniyatini keng targ‘ib etish, yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish va ularning bilim hamda salohiyatini oshirishga qaratilgan loyihalar yuzasidan atroflicha ma’lumotlar olindi.

Uchrashuv jarayonida yoshlar bilan samimiy muloqot tashkil etilib, ularning kitobxonlikka bo‘lgan qiziqishi, ta’lim jarayonidagi ehtiyojlari, taklif va tashabbuslari tinglandi. Yoshlar tomonidan bildirilgan fikrlar qo‘llab-quvvatlanib, ularni rag‘batlantirish hamda zamonaviy bilim olishlari uchun yanada keng imkoniyatlar yaratish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.Mazkur tashrif yoshlar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish, ularning intellektual salohiyatini yuksaltirish hamda ta’lim muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish yo‘lida muhim qadam bo‘lib xizmat qiladi.

Slide 1 of 6