Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Mahalla yettiligi” faoliyati o‘rganildi
янв.21
Chorchinor mahallasida Kengash deputaining muammolar bilan ishlash holati o‘rganildi.
янв.21
Chorchinor mahallasida “mahalla yettiligi” a’zolari faoliyati o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi va tuman hokimligi hamkorligi
янв.21
26 iyun – Xalqaro giyohvandlikka qarshi kurash kuni
янв.21
Gaza mahallasida ijtimoiy himoyaga muhtoj oila muammolari o‘rganildi
янв.21
Gaza mahallasida tadbirkorlar muammolari o‘rganildi
янв.21
Gaza mahallasida infratuzilma muammolari o‘rganildi
янв.21
Gaza mahallasida “mahalla yettiligi” a’zolari faoliyati o‘rganildi
янв.21
Gaza mahallasi deputatining aholi murojaatlari bilan ishlash holati o‘rganildi
BOZORLARDA OZIQ-OVQAT MAHSULOTLARI NARX-NAVOSI VA YETARLILIGI O‘RGANILDI

BOZORLARDA OZIQ-OVQAT MAHSULOTLARI NARX-NAVOSI VA YETARLILIGI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi kotibiyati mudiri J. Hafizov hamda Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputati B. Umarovlar tomonidan Navoiy shahridagi “Sahovat” bozorida oziq-ovqat mahsulotlari narx-navosi hamda ularning aholiga yetarlilik darajasini o‘rganish bo‘yicha monitoring ishlari olib borildi.

Mazkur o‘rganishdan ko‘zlangan asosiy maqsad — bozorlarda aholining kundalik iste’moli uchun zarur bo‘lgan asosiy turdagi mahsulotlar narxlarining barqarorligini ta’minlash, sun’iy narx oshishlarining oldini olish hamda mahsulotlar ta’minotini nazorat qilishdan iborat bo‘ldi.

Monitoring jarayonida bozordagi savdo rastalari faoliyati ko‘zdan kechirilib, un, yog‘, go‘sht, sut mahsulotlari, sabzavot va mevalar kabi asosiy oziq-ovqat mahsulotlarining narxlari o‘rganildi. Shu bilan birga, mahsulotlarning sifati, saqlanish sharoitlari hamda bozordagi umumiy ta’minot holatiga alohida e’tibor qaratildi.

O‘rganish davomida ayrim mahsulotlar narxlarida o‘zgarishlar kuzatilgani qayd etilib, narx-navoning asossiz oshirilishiga yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan savdo rastalari egalariga tegishli tavsiyalar berildi. Shuningdek, bozorda mahsulotlar yetarliligi ta’minlangani, aholiga zarur oziq-ovqat mahsulotlari uzluksiz yetkazib berilayotgani ta’kidlandi.Mas’ul shaxslar tomonidan tadbirkorlar va sotuvchilar bilan suhbatlar o‘tkazilib, aholiga sifatli, xavfsiz hamda hamyonbop mahsulotlar taklif etish, savdo madaniyatiga rioya qilish muhimligi alohida qayd etildi.Monitoring yakunlariga ko‘ra aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, narx-navoni barqaror saqlash hamda bozorlar faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha tegishli choralar belgilab olindi.Umuman olganda, olib borilgan o‘rganish ishlari aholi manfaatlarini himoya qilish, oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash hamda bozorlarda sog‘lom raqobat muhitini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Slide 1 of 3