DEPUTAT SO‘ROVIGA RASMIY JAVOB — AMALIY
NATIJALAR YAQQOL KO‘RINISHDA
🔹 Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Shuxratjon Raximov
tomonidan ko‘tarilgan masala yuzasidan tuman Iqtisodiyot va moliya bo‘limi boshlig‘ining
1-o‘rinbosari A. Yusupov tomonidan rasmiy javob taqdim etildi.
🔹 Javobda, qarorda belgilangan ustuvor yo‘nalishlar — “Bozor xizmatlari hajmining o‘sish sur’ati”
va “Yangi xizmat ko‘rsatish va servis loyihalarini
ishga tushirish” bo‘yicha tumanda 1-chorak yakunlari bilan 35 ta xizmat
ko‘rsatish va servis loyihalari amalga oshirilgani hamda mavjud faoliyat kengaytirilgani
alohida ta’kidlandi.
🔹 Ushbu amaliy natijalar aholiga
xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish, iqtisodiy faollikni ko‘tarish va hududni rivojlantirish
yo‘lida qat’iy va samarali chora-tadbirlar olib borilayotganini namoyon etadi. Bu
— deputatlik so‘rovlari orqali aholi manfaatlari ta’minlanishi va mas’ullar nazoratida
aniq natijalarga erishilayotganini isbotlaydi.