O‘rganish davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF–98-son Farmoni hamda PQ–49-son qarori ijrosi doirasida ijtimoiy muhofazaga muhtoj, ish topishda qiynalayotgan fuqarolarni ish bilan ta’minlash, ularning daromadlarini oshirish, kasb-hunarga o‘qitish hamda yangi ish o‘rinlari yaratish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar ko‘rib chiqildi.
Shuningdek, hududda aholini tadbirkorlikka keng jalb etish, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish, o‘zini o‘zi band qilish imkoniyatlarini kengaytirish hamda bandlik dasturlari ijrosi yuzasidan olib borilayotgan ishlar tahlil qilindi.
“O‘rganish natijalari bo‘yicha mas’ullarga ishlarni yanada samarali tashkil etish bo‘yicha tavsiyalar taqdim etildi.”